21
21
20
1. Biror yangi biznes g‘oya o‘ylab toping. U asosida yuqorida keltirilgan firma
shakllaridan birini tanlab, yakka o‘zingiz yoki o‘rtoqlaringiz bilan birgalikda
shartli firma tashkil qiling. Nima sababdan firmaning aynan shu shaklini
tanlaganingizni asoslang.
2. Firmaga mos nom qo‘ying.
3. Firma nizomini tuzing. Nizomda firmani ochishdan ko‘zlangan maqsad,
firmaning tashkiliy-huquqiy shakli, firma nima bilan shug‘ullanishi, firma
kimlar tomonidan tashkil qilinayotgani, firmaning nizom jamg‘armasi miqdori,
firma ofisi joylashgan manzil kabi ma’lumotlarni keltiring.
4. Firma tashkilotchilari o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuzing va imzolang. Buning
uchun, avval kim nima bilan shug‘ullanishi, firmani kim boshqarishi, nizom
jamg‘armasining miqdori va unga kim qancha ulush qo‘shishi, foyda qanday
taqsimlanishi kabi masalalarni o‘zaro muhokama qiling va shartnomada
ko‘rsating.
5. Firmaning tovar belgisini chizing va sharhlang.
Shirkat
Aksiyadorlar
jamiyati
Xususiy
firma
Mas’uliyati
cheklanmagan
firma
Yakka tartibdagi
tadbirkorlik
Mas’uliyati
cheklangan firma
FIRMA OCHISH
4- MAVZU
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Respublikamizda roб‘yxatga olingan kichik korxonalar va mikrofirmalar
(fermer xo‘jaliklarisiz) soni 1- iyul 2012- yil holatiga ko‘ra, qariyb 250 mingtani
tashkil qildi.
Bilasizmi?
FIRMA NIZOMI
Firma ochish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Eng avvalo,
firma ochish bilan bog‘liq hujjatlar – firmaning nizomi va ta’sis shartnomasini
tayyorlash zarur. Firma nizomida firmaning nomi, manzili, firma ochishdan ko‘zlangan
maqsad, firmaning qanday faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi, firma kimlar — qaysi
ta’sischilar tomonidan tashkil qilinayotgani, firmaning tashkiliy shakli, firma faoliyatini
yuritish uchun dastlab qancha miqdorda boshlang‘ich mablag‘ — nizom jamg‘armasi
safarbar qilinayotgani, firma ta’sischilarining nizom jamg‘armasiga qo‘shgan hissasi,
firma mol-mulklarining tarkibi va uni hosil qilish tartiblari kabi ma’lumotlar o‘z
aksini topishi zarur. Firmaning nizomida ko‘zda tutilgan har bir band tadbirkorlik
faoliyati bo‘yicha amaldagi qonunlarga zid bo‘lmasligi lozim. Firma nizomi, odatda,
tadbirkorlikning shu firmaga xos yo‘l-yo‘riq va qonun-qoidalari majmuidan iborat bo‘lib,
kelajakda firma unga rioya qilgan holda faoliyat yuritishi shart bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: