Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)
AMORTIZATSIYA JAMG‘ARMASI Asosiy mablag‘lar ham “aylanadi”. Ularning aylanish davri asosiy ishlab
chiqarish vositalarining qancha vaqt ishlatilishiga, xizmat ko‘rsatish muddatiga
bog‘liq bo‘ladi. Odatda, bino va inshootlarning ishlatilish muddati 20 yil, asbob-
uskunalarniki esa 5—7 yil qilib belgilanadi. Bu muddat davomida ular eskirib, har
yili boshlang‘ich narxining ma’lum bir qismi yaratilgan mahsulot narxiga o‘tib,
arzonlashib boradi. Mana shu arzonlashish qiymati amortizatsiya qiymati deb
ataladi. Mana shu arzonlashish qiymati mahsulot sotilgach firmaga pul kirimi
tarkibida qaytadi va firmadagi maxsus jamg‘armaga – amortizatsiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Firmaning umumiy pul kirimidan amortizatsiya jamg‘armasiga
yo‘naltirilgan pul amortizatsiya ajratmasi deb ataladi. Odatda, yillik amortizatsiya
ajratmasi bino yoki dastgohlar narxining ularni ishlatilish muddatiga bo‘lib topiladi.
A = p A – yillik amortizatsiya ajratmasi;
p – asosiy ishlab chiqarish vositasi narxi;
n – foydalanish muddati.
n Asosiy mablag‘ — ishlab chiqarishda uzoq yil va ko‘p marta ishlatiladigan
asosiy ishlab chiqarish vositalarni sotib olishga mo‘ljallangan mablag‘.
Aylanma mablag‘ — xomashyo, har xil materiallarni sotib olishga va ishchi
kuchini yollashga sarflanadigan mablag‘lar.
Amortizatsiya ajratmasi — asosiy ishlab chiqarish vositalarining eskirishi
natijasida ular narxining ishlab chiqarilgan mahsulot narxiga o‘tgan qismi.
Masalan, korxona binosining narxi 160 mln so‘m bo‘lib, undan foydalanish
muddati 20 yil qilib belgilangan bo‘lsin. Demak, har yili bino narxi 160 : 20 = 8
mln so‘mga arzonlashib, bu pul mahsulot narxiga o‘tadi va mahsulot sotilgach,
amortizatsiya jamg‘armasida jamlab boriladi.