Aksiya kursi — aksiyaning bozor narxi.
Aksiyadorlar jamiyati — nizom jamg‘armasi aksiyalar sotishdan shakllanadigan,
mas’uliyati cheklangan yirik firma.
Aksiyaning nominal qiymati — aksiya ustiga yozib qo‘yilgan baho.
Aksiz — ba’zi bir tovar xaridorlaridan, tovar narxining ma’lum foizi
ko‘rinishida undiriladigan soliq.
Amortizatsiya ajratmasi — asosiy ishlab chiqarish vositalarining eskirishi
natijasida ular narxining ishlab chiqarilgan mahsulot narxiga o‘tgan
qismi.
An’anaviy iqtisodiyot — iqtisodiyotning asosiy savollariga jamiyatda
an’analarga asoslanib javob beradigan iqtisodiy tizim.
Aralash iqtisodiyot — bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning
maqbul tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan zamonaviy iqtisodiy
tizim.
Asosiy mablag‘ — ishlab chiqarishda uzoq yil va ko‘p marta ishlatiladigan
asosiy ishlab chiqarish vositalarini sotib olishga mo‘ljallangan mablag‘.
Ayirboshlash — bir mahsulotni boshqasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri almashtirish.
Aylanma mablag‘ — xomashyo, har xil materiallarni sotib olishga va ishchi
kuchini yollashga sarflanadigan mablag‘lar
. Bank — aholi, firma va tashkilotlar pul mablag‘larini jamg‘aruvchi va ularni
boshqalarga qarzga beruvchi, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi va boshqa
moliyaviy xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi vositachi muassasa.
Bankning zaxira mablag‘i — bankning zaxira sifatida, markaziy bankda
saqlashi lozim bo‘lgan pul mablag‘i.
Bankning zaxira normasi — markaziy bank tomonidan belgilanadigan, bank
zaxira mablag‘ining jami mablag‘iga nisbatan foiz miqdori.
Bankrotlik — firmaning boshqa firmalar va davlat oldidagi qarzlarni to‘lay
olmaslik holati.