153
152
153
Marketing
— bozor sharoitida iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va uni
qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat.
Marketolog
— marketing faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, maxsus bilimga
ega mutaxassis.
Mehnat birjasi
—
ish beruvchi korxonalar va ish qidirib yurgan kishilar
o‘rtasida vositachilik qiladigan davlat tashkiloti.
Mehnat bozori
— ishchi kuchi oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriladigan
bozor.
Mehnat resurslari
— mehnat qilishga layoqatli kishilar, ularning bilimi, ish
tajribasi va mehnat mahorati.
Mehnat taqsimoti
— mahsulot ishlab chiqarish jarayonini ishchilar o‘rtasida
ishni taqsimlash asosida tashkil qilinishi.
Mehnat unumdorligi
— resurs birligidan foydalanib ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori.
Menejer
— maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurituvchi yoki
boshqaruvchi.
Menejment
—
biror ko‘zlangan maqsadga erishish usullari, shakllari, vositalari
va boshqarish tamoyillarini o‘rganadigan fan.
Milliy daromad (MD)
— mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz,
renta kabi daromadlari va barcha korxonalar foydasining yalpi miqdori.
Moddiy kapital
— jamg‘arilgan daromadning moddiy mulkka aylangan qismi
va pul mablag‘lari.
Moliya bozori
— pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi jarayonlari amalga
oshiriladigan bozor.
Moliyaviy tadbirkorlik
— pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq
faoliyat.
Monopoliya
(yunonchada “tanho sotaman” degan ma’noni bildiradi) —
muayyan tovar turi yakka ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi tomonidan
sotiladigan, boshqa sotuvchilarning kirishi o‘ta qiyin bo‘lgan bozor.
Dostları ilə paylaş: