Iqtisodiy tizim — mamlakat (jamiyat) iqtisodiy hayotini tashkil qilish shakli.
Iqtisodiyot — insonning yer yuzida yashashi va kamol topishi bilan bog‘liq
xo‘jalik yuritish tizimi.
Iqtisodiyotning tarkibiy qismlari — tabiat, odamlar va odamlar tomonidan
yaratilgan barcha narsalar.
Iste’mol krediti — biror qimmatbaho tovarni sotib olish uchun bankdan
olingan qarz.
Iste’mol tovarlari bozori — aholi, uy xo‘jaliklarining ehtiyojlari uchun zarur
tovar va xizmatlar sotiladigan bozor.
Iste’molchilar — yaratilgan tovar va xizmatlarni bevosita iste’mol qiluvchi
yoki ulardan foydalanuvchilar.
Ixtisoslashuv — biror mahsulot turini ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar
o‘rtasidagi mehnat taqsimoti.
Ish haqi — korxona tomonidan yollanib ishlayotgan xodimga bajarilgan ish
uchun to‘lanadigan pul.
Ishbay ish haqi — ishchiga tayyorlagan mahsulot miqdoriga qarab to‘lanadigan
pul miqdori.
Ishlab chiqarish — ehtiyojlarni qondirish uchun zarur mahsulotlarni ishlab
chiqarish.
Ishlab chiqarish vositalari bozori — korxona va firmalar ehtiyojlari uchun zarur
tovar va xizmatlar sotiladigan bozor.
Ishlab chiqaruvchilar — tovar va xizmatlarni yaratadigan korxonalar.
Ishsizlar — mamlakatning ishga layoqatli, belgilangan ish haqi evaziga
ishlashga rozi, lekin ish topa olmagan yoki ish qidirib yurgan fuqarolari.
Ishsizlik darajasi — mamlakatdagi ishsizlar sonining mamlakat ishchi
kuchining umumiy soniga nisbatan foiz miqdori.
Ishchi kuchi taklifi — ishchi kuchining narxi bilan o‘z ishchi kuchini bu
narxda sotishga rozi bo‘lgan ishchilar soni o‘rtasidagi bog‘lanish bo‘lib, u
ma’lum vaqt davomida turli narxlarda qancha ishchi o‘z ishchi kuchini
sotishga rozi ekanligini anglatadi.