FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Keyingi yuz yilliklarga kelib, insoniyatning tabiatdagi jarayonlarga aralashuvi,
tabiiy resurslardan foydalanish miqyosi mislsiz darajaga borib yetdi va tabiat
o‘zini o‘zi tiklay olmay qoldi. Bugungi kunda odamzot tabiatni himoya qilish,
resurslardan tejab-tergab foydalanish va ularni qayta tiklash masalalarini dolzarb
qilib qo‘ygan quyidagi ekologik muammolarga duch kelib qoldi:
— havoning zaharlanishi;
— daryo va suv havzalarining ifloslanishi;
— tuproq tarkibining o‘zgarishi va yerlarning sho‘rlanib borishi;
— ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari miqdorining kamayib borishi;
— atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishi;
— inson salomatligiga zarar yetkazadigan shovqinli texnika moslamalarining
ko‘plab ishlatilishi.
Olimlarning fikricha, sanoatda, sovutish qurilmalarida ishlatiladigan freon
gazi bizni quyosh nuri radiatsiyasidan himoya qiluvchi atmosferaning ozon
qatlamini yemirib bormoqda. Agar ahvol shu tariqa davom etaversa, yaqin
kelajakda Yer atmosferasi harorati ko‘tarilib, tabiatdagi muvozanat buzilishi,
quruqlikning ko‘p qismi suv ostida qolishi taxmin qilinmoqda.
Bilasizmi? ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH Tabiatni muhofaza qilish ishlari bilan, asosan, davlat nazorat organlari
shug‘ullanadi. Har bir davlatda atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan turli
xil chora-tadbirlar ko‘riladi, qonunlar qabul qilinadi. Masalan, zavod va fabrika
mo‘rilariga turli xil zaharli moddalarni ushlab qoladigan, havoni tozalaydigan
moslamalar o‘rnatish, oqova suvlarni daryolarga oqizishni taqiqlash kabi chora-
tadbirlar amalga oshiriladi. Davlat tashkilotlari bilan bir qatorda, nodavlat, jamoat
tashkilotlari ham borki, ular nafaqat bir mamlakat hududida, balki butun dunyoda
atrof-muhit muhofazasi muammolari bilan shug‘ullanadi. Masalan, “Green peace”
xalqaro jamiyati, “Ekosan” xalqaro ekologiya va salomatlik jamg‘armasi shular
jumlasidandir. “Ekosan” jamg‘armasi respublikamiz va umuman, butun Markaziy
Osiyo mintaqasida ekologik holatni sog‘lomlashtirishga, atrof-muhitni muhofaza
qilishga, aholining salomatligini himoya qilishga qaratilgan qator amaliy ishlarni
bajarib kelmoqda.
Shu bilan birga, atrof-muhit muhofazasi — har bir fuqaroning burchi
hisoblanadi. Buning uchun har birimiz kundalik turmushimizda orasta yurish,
o‘zimiz yashayotgan joyni ozoda tutish kabi oddiy qoidalarga rioya qilishimiz zarur.