Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Mashq
14- MAVZU
DAVLATNING IQTISODIYOTDAGI ROLI
DAVLATNING BUDJET-SOLIQ SIYOSATI
Ma’lumki, davlat budjetining daromad qismi, asosan, soliqlardan, xarajat qismi 
davlat ehtiyojlari uchun zarur tovar va xizmatlar sotib olish xarajatlari va aholiga 
to‘lanadigan transfert xarajatlaridan iborat bo‘ladi. Davlatning budjet-soliq (fiskal) 
siyosati asosida xuddi shu soliqlar, davlat xarajatlari va transfert to‘lovlari miqdorini 
o‘zgartirish yordamida yalpi talab va yalpi taklif hajmiga ta’sir qilish yotadi.
Yuqoridagi chizmada davlat tomonidan soliq stavkasi oshirilishi natijasida 
mamlakat iqtisodiyotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar tasvirlangan. Siz soliq stavkasi 
kamaytirilgan holatda mamlakat iqtisodiyotida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni 
taxmin qiling va sharhlang.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Yalpi talab
— mamlakatda ma’lum vaqt davomida sotib olinishiga ehtiyoj 
va imkoniyat bo‘lgan tovar va xizmatlarning umumiy qiymati.
Yalpi taklif
— mamlakatda ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilishi va 
bozorga chiqarilishi imkoniyati bo‘lgan tovar va xizmatlarning umumiy qiymati.
Masalan, agar soliqlar stavkasi oshirilsa, aholi va firmalar ixtiyorida kamroq 
pul qoladi. Bu holatda tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab kamayadi. Bu 
?
Kamaydi
?
Oshdi
Narx-navo
Tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab
Kamaydi
?
Aholi va firmalar ixtiyoridagi 
pul mablag‘lari miqdori
Kamaydi
?
Tovar ishlab chiqarish va 
xizmat ko‘rsatish hajmi
?
Kamaydi
Oshdi
Soliq stavkasi
Kamaydi
Aholining ish bilan
ta’minlanganlik darajasi


65
65
64
holat tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning kamayishiga, aholining ish bilan 
ta’minlanganlik darajasining pasayishiga olib keladi. Aksincha, agar soliqlar stavkasi
kamaytirilsa, aholi va firmalar ixtiyorida ko‘proq pul qoladi. Bu holatda tovar va 
xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab oshadi. Bu esa, o‘z navbatida, tovar va xizmatlar 
ishlab chiqarishning ko‘payishiga, aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasining 
oshishiga olib keladi.
Xuddi shu kabi, agar davlat soliqlarga tegmasdan o‘z xarajatlarini yoki transfert 
to‘lovlarini oshirsa, tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talabi oshadi. Bu esa, o‘z 
navbatida, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning ko‘payishiga, aholining ish bilan 
ta’minlanganlik darajasining oshishiga yoki inflatsiya darajasining oshishiga olib 
keladi. Aksincha, agar soliqlar o‘zgarishsiz qolib, davlat xarajatlari yoki transfert 
to‘lovlari kamaytirilsa, tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab kamayadi. Bu 
esa tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning kamayishiga, aholining ish bilan 
ta’minlanganlik darajasining pasayishiga yoki inflatsiya darajasining pasayishiga 
olib keladi. Ko‘pchilik hollarda, davlat bir vaqtning o‘zida ham davlat xarajatlarini, 
ham soliqlar stavkasini o‘zgartirish bilan iqtisodiyotni barqarorlashtirishga urinadi.
Davlat budjet-soliq siyosati bilan bir qatorda, pul-kredit siyosatini ham olib 
boradi. Davlatning u yoki bu yo‘nalishdagi siyosati, uning nimani o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘yganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat budjeti kamomadining miqdori, mamlakatda ishlab chiqarilgan bir yillik 
yalpi mahsulot hajmining 2—3 foizi miqdorida bo‘lishi normal holat hisoblanadi. 
Lekin kamomad hajmi haddan tashqari oshib ketganda, uni kamaytirish chora-
tadbirlari ko‘rilishi lozim bo‘ladi. Davlat budjetining kamomadini quyidagi yo‘llar 
bilan kamaytirishi mumkin:
1. Davlat xarajatlarini kamaytirish.
2. Qo‘shimcha daromad manbalarini topish.
3. Tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan, ortiqcha pulni muomalaga 
chiqarish.
4. O‘z fuqarolaridan, firmalardan, chet el hukumatlari, xalqaro bank va 
moliyaviy muassasalaridan qarz olish.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin