Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


•  bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik jamoalari uchun umumiy foydala- nishga berilgan yerlar; •



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

• 
bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik jamoalari uchun umumiy foydala-
nishga berilgan yerlar;
• 
tabiatni muhofazalashga mo‘ljallangan yerlar;
• 
tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan yerlar;
• 
suv fondi yerlari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, dengizlar va shu 
kabi umumfoydalanadigan yerlar).


83
83
82
18- MAVZU
AKSIZ VA 
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I
Yuqoridagi 2—4- rasmlarda mamlakatimizda, 5-7- rasmlarda esa chet elda 
ishlab chiqarilgan va mamlakatimizga olib kirilayotgan tovarlar tasvirlangan. Ularni 
umumlashtiradigan jihat — bu ularning barchasi aksiz solig‘i solinadigan tovarlardir.
1. Sizning fikringizcha, bu tovarlarga qo‘shimcha aksiz solig‘i solinishiga sabab 
nimada? Savolga javob berishda ushbu tovarlarning bozordagi o‘rni va 
iste’mol xususiyatiga e’tibor bering. Shuningdek, spirtli ichimliklar va tamaki 
maxsulotlarining inson salomatligi va hayot tarziga salbiy ta’sirini unutmang.
2. 1- rasmda aksiz markasi tasvirlangan. Aksiz markalari qanday tovarlarga 
yopishtirilishini bilasizmi? Aksiz markalarining tovarlarga yopishtirishning 
sababi nimada deb o‘ylaysiz?
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i deb ataluvchi soliq tovarlarga nima sababdan solinishi 
haqida fikr bildirishga harakat qiling. Bunda soliqning nomiga e‘tibor bering.
4. Aksiz markasi yo‘q tamaki mahsuloti haqida qanday xulosa chiqarish mumkin?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
2
3
4
6
7
5
1
Chet eldan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlar
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlar
AKSIZ SOLIG‘I
Aksiz solig‘i bilvosita soliq hisoblanib, ayrim mahsulotlardangina olinadi. Xiz-
matlardan esa aksiz solig‘i umuman olinmaydi. Aksiz solig‘ining to‘lovchilari aksiz 
to‘lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilardir. Aksiz solig‘i 
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotlar, tamaki mahsulotlari, 
etil spirti, spirtli ichimliklar, oltin, kumushdan tayyorlangan buyumlar, neft, gaz 
mahsulotlari (benzin, dizel, gaz) kabi mahsulotlarga solinadi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin