139
139
138
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY
INQIROZI
30- MAVZU
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZINING
KELIB CHIQISH SABABLARI
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi AQSH ipotekali kreditlash tizimida 2008-
yilda ro‘y bergan tanglikdan boshlandi.
AQSH banklarining bir necha yillar davomida pul bilan ta’minlanmagan ipo-
teka kreditlarini berishi oqibatida, kreditga berilgan pullarning ancha qismi bankka
qaytib kelmagan. Natijada, bu banklarning to‘lov qobiliyatlari zaiflashib, bankrot
darajasiga kelib qoldi. Ishlab chiqarish korxonalari bankdan kredit ololmagan-
liklari sababli, o‘z ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga majbur bo‘ldi. Bu
o‘z navbatida, ishsiz-lar sonining oshishiga olib keldi. Bunday tanglik mamlakat
miqyosiga ko‘tarildi va AQSH iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan
dunyoning qator mamlakatlar iqtisodiyotiga ham ta’sir qildi. Oxir-oqibat, jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga keldi.
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI OQIBATLARI
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijasida 2008–2009- yillarda AQSH,
Kanada, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Ukraina va boshqa qator mamlakatlarda
g‘oyat tashvishli holat vujudga keldi. Bu mamlakatlarda ko‘plab kompaniyalar,
korxona va firmalar bankrot bo‘ldi. 2008- yil natijalariga ko‘ra, AQSH YaIM hajmi
3,8% ga tushib ketdi, ishsizlar soni esa 2,2 mln kishiga ko‘paydi. Yaponiyada esa
YaIM hajmi 3,1% ga pasaydi, ishsizlik darajasi esa 4,4% ga yetgan. Yevropa It-
tifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlarda sanoat ishlab chiqarishi 12% ga tushib ketgan.
Jumladan, aholining daromadlari kamayishi va ertangi kunga ishonchsizlikning
ortishi tufayli avtomobil savdosi Yevropada 27% ga pasayib ketdi.
1. Banklar mamlakat iqtisodiyotida qanday ahamiyatga
ega?
2. “Ishlab chiqaruvchi korxona va firmalarning banklar
bilan hamkorligi” deganda nimani tushunasiz?
3. “Ipoteka krediti” deganda nimani tushunasiz? Uy-joyni
kredit asosida sotib olish mumkinligi haqida qanday
ma’lumotlarga egasiz?
4. 2008–2009- yillarda kuzatilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi haqida nimalar bilasiz?
Dostları ilə paylaş: