BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! Tarixga nazar Bozor iqtisodiyotining ikki yuz yildan oshiqroq tarixi davomida, XIX
asrdayoq ko‘pgina rivojlangan davlatlar iqtisodiy inqirozga duch kelgan. Bunday
vaziyatlarda nafaqat bir nechta alohida olingan tovarlar bozorida, balki butun
mamlakat miqyosida iqtisodiy faoliyatning pasayishi kuzatilgan. Masalan, XX
asrning 30- yillarida AQSH da yuz bergan, “Buyuk depressiya” deb atalgan
iqtisodiy inqiroz davrida YaMM hajmi 31% ga tushgan, tovarlar narxlari 40% ga
oshgan, ishsizlik darajasi esa 8 marta oshib, mehnatga yaroqli aholining 25 %ni
qamrab olgan. Bu inqirozdan AQSH XX asrning 40- yillarida II jahon urushi
davrida ittifoqdosh davlatlarga qurol-aslaha yetkazib berish orqali chiqib olgan.
Buni yodda tuting! •
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlar iqtisodiyotida vaqti-vaqti
bilan tanglik yuzaga kelib turadi.
•
O‘zbekiston iqtisodiyotining moliyaviy-iqtisodiy inqirozlardan himoyalangan-
ligi barqaror o‘sish va rivojlanishining asosiy omili bo‘ldi.
•
Iqtisodiy taraqqiyotning “O‘zbek modeli” hozirgi davrda ko‘plab
mamlakatlar tomonidan o‘rganilgan.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, istiqlolning dastlabki yillarida qabul qilingan mash-
hur besh tomoyilga asoslangan ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga
o‘tish modeli yildan yilga o‘zini amalda oqlab, naqadar to‘g‘ri va puxta ekanligini
isbotlamoqda. Iqtisodiyotning mafkuradan holi bo‘lishi, iqtisodiyotning siyosatdan
ustunligida o‘z aksini topgan iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi vazifasini
o‘z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat olib
borish, islohotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik bilan amalga oshirish kabi
tamoyillar, ayniqsa, dunyoda avj olib borayotgan moliyaviy va iqtisodiy inqiroz
sharoitida o‘zining dolzarbligi va hayotiyligini yana bir bor ko‘rsatdi.