Eksport — mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni chet
mamlakatlarga sotish.
Erkin xarajatlar — birlamchi bo‘lmagan ehtiyojlar uchun xarajatlar.
Firma — tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan korxona.
Firma faoliyatining samaradorligi — uning muayyan davrda olgan foydasi
miqdorining shu davrda sarflangan jami xarajatlari miqdoriga nisbati.
Firmaning nizom jamg‘armasi — firma faoliyatini yuritish uchun uning
tashkilotchilari tomonidan qo‘shiladigan hissa — mol-mulk va
mablag‘lar.
Firmaning nizomi — firmaning ichki va tashqi faoliyatini tartibga soluvchi,
huquqiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjat.
Firmaning ta’sis shartnomasi — firma ta’sischilari o‘rtasida o‘zaro faoliyat
yuritish bo‘yicha tuziladigan kelishuv hujjati.
Fond birjalari —
qimmatbaho qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi
vositachi tashkilot.
Foyda — korxonaning ma’lum vaqt davomidagi yalpi daromadi bilan umumiy
xarajatlari orasidagi farq.
Foydaning nominal miqdori — foydaning joriy narxlarda ifodalangan qiymati.
Foydaning real miqdori — foydaning biror yildagi narxlarga nisbatan xarid
qilish qiymati.
Friksion ishsizlik — odamlarning bir ishdan bo‘shab, ikkinchi ishga
joylashayotgan paytda yuzaga keladigan ishsizlik.
Giperinflatsiya — mamlakatda narx-navoning haddan tashqari (yiliga 50
baravardan ham ko‘p) oshish jarayoni.
Hududiy ixtisoslashuv — sharoit, an’analar, mahalliy imkoniyatlar tufayli
butun bir hudud mahsulotning biror turini ishlab chiqarishga moslashuvi.
Ijara haqi (renta) — birovning mulkidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan
haq.