Mikroiqtisodiyot Mavzu:Bozorov va tavakkalchilik Tayyorladi: Maxammatov Ismoil HBA-82
Bozor o’zi nima? Bozor —sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. Bozor obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa Bozor ishtirokchilari (sotuvchi va xaridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilotlari, idoralari va boshqalardan iborat. Bozor ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. Bozorda tovarlar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. Bozoro ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. Bozorda 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. Bozor iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar Bozorga chiqadi, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); qiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini taʼminlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar Bozorda sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurslar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yokilgʻi, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi. Bozor — iqtisodiyotda shaxslarning maqsadli-nafsiy xohish-istaklari ila naf va manfaatlari sari yetaklovchi imkoniyatlari doirasida tartiblashtirilgan refleksiv harakatlari evaziga turli(ijobiy yoki salbiy) samara darajasida ob’yektiv sodir boʻluvchi bozor tovarlari boʻyicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlari muhiti boʻlib, unda taraflarning nafsiy manfaatlari talab va taklif asosida shakllanadigan ob’yektiv narxlarda qondiriladi. Savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy, maydon. Bozorlar qadimda Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va boshqa shaharlarida toʻgʻri toʻrtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat boʻlgan. Bozor maydonlari shahar majmua (agora, forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat Bozorlarining meʼmorligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik oʻrni va savdo sohasidagi anʼanalar bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻrta Yer dengizi havzasida qadimda ochiq maydonlarda, Sharqda esa usti yopiq Bozorlar rivojlangan . Bozor Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda pirovard natija yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo‘lish (to‘liq yoki qisman) xavfini o‘z bo‘yniga olib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir.