Reklama — iste’molchilarga
tovar haqida ma’lumot berish bilan ularning
tovarga bo
‘ lgan talabini oshirishga qaratilgan tashviqot tadbiri (reklama
so‘zi lotinchada “jar solish, chaqiriq” degan ma’noni anglatadi).
Resurslar — inson ehtiyojlarini qondirish uchun asqotadigan barcha narsalar.
Sof foyda — foydaning soliqlar to‘langandan keyin qolgan qismi.
Sof ichki mahsulot (SIM) — yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya
ajratmasining ayrilganiga teng.
Sof raqobat bozori — muayyan tovar turi juda ko‘p sotuvchilar tomonidan
sotiladigan, boshqa sotuvchilarning kirishi oson narxlar erkin bo‘lgan
bozor.
Soliq — fuqaro, firma va korxonalardan davlat xazinasiga undiriladigan,
qonunda ko‘rsatilgan majburiy to‘lov.
Soliq stavkasi — soliq miqdorining soliq solinadigan jami summaga nisbatan
foiz miqdori.
Sotuvchi — bozorda tovarini pulga almashadigan, ya’ni tovarni sotadigan
tomon.
Sug‘urta — turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan moliyaviy
muammolardan muhofaza qilish faoliyati.
Tabiiy ishsizlik darajasi — mamlakatda faqat friksion va tarkibiy ishsizlik
bo‘lgan vaziyatdagi ishsizlik darajasi.
Tabiiy resurslar — tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda bevosita ishlatiladigan
tabiatning barcha ne’matlari.
Tadbirkorlik — kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik asosida,
o‘z mablag‘i, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar va
xizmatlar ishlab chiqarish faoliyati.
Tadbirkorlik foydasi — tadbirkorlik faoliyati natijasida qo‘lga kiritiladigan
daromad.
Taklif — sotuvchilarning muayyan vaqt davomida, tovarni turli narxlarda
qancha miqdorda sotish mumkinligi haqidagi xohish va imkoniyatlarini
aniqlaydi.