Valutaning ayirboshlov kursi — bir davlat valutasining boshqa davlat pul
birligida ifodalangan narxi.
Vaqtbay ish haqi — ishchiga ishlagan vaqti miqdoriga qarab to‘lanadigan
pul miqdori.
Vositachilik — xaridor va sotuvchini o‘zaro uchrashtirib, tovar oldi-sotdi
jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan faoliyat.
Xaridor — bozorda pulini tovarga almashadigan, ya’ni tovar sotib oladigan
tomon.
Xizmatlar — moddiy narsa yaratmaydigan, natijasi ehtiyojlarni qondiradigan
iqtisodiy faoliyat.
Xususiy mulk — alohida olingan shaxsga yoki shaxslar jamoasiga tegishli
mol-mulk.
Xususiylashtirish — davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish jarayoni.
Yakka tartibdagi firma — yakka shaxs mulki asosiga tashkil etiladigan va
boshqariladigan firma.
Yalpi daromad — tovarni sotishdan tushgan pul tushumi.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) — mamlakat hududida bir yil mobaynida
ishlab chiqarilgan, tugal ko‘rinishdagi tovar va xizmatlarning bozor
narxlaridagi umumiy qiymati.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) — yil mobaynida mamlakat fuqarolari
tomonidan (yer yuzining qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar) yaratilgan
jami tugal tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymati.
Yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati — aksiyalari faqat oldindan belgilab
qo‘yilgan shaxslar guruhiga sotiladigan jamiyat.
O‘rtacha xarajat — bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan
xarajat miqdori.
O‘zaro bog‘liq tovarlar — birining narxi o‘zgarishi ikkinchisiga bo‘lgan
talabning o‘zgarishiga olib keladigan tovarlar jufti.
O‘zgarmas xarajatlar — ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan
xarajatlar.