Mavzu: Milliy g‘oya targ‘ibotida ommaviy axborot vositalarining o‘rni



Yüklə 10,64 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü10,64 Kb.
#184702
  1   2   3
vvv

Mavzu: Milliy g‘oya targ‘ibotida ommaviy axborot vositalarining o‘rni

Reja:

  • Milliy g‘oya targ‘ibotida Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tushunchasi va ma’no-mazmuni
  • Ommaviy axborot vositalari tuzilmasi va tasnifi
  • OAV va milliy g‘oya targ‘ibotining amalga oshirishning zamonaviy ko‘rinishlari. Xalq bilan muloqat

Milliy g‘oya targ‘ibotida Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tushunchasi va ma’no-mazmuni


Ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio, video-, kinoxronikal dasturlar, umum foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy axborot vositasidir
Mamlakat hayotida ro‘y o‘zgarishlari
ijtimoiy bergan
ommaviy
siyosiy
tub sifat axborot
vositalari oldiga ham mutlaqo yangi talablarni qo‘ydi. U ham bo‘lsa, mamlakat fuqarolari o‘rtasida milliy g‘oyalarni xolisona targ‘ibot qilish asosida ularni kelajagi buyuk O‘zbekistonni yaratishdek, shuningdek, uni doimo himoya qilishdek, davlat oldida fuqarolarni ma’suliyatini oshirishdek ishlarga ommaviy safarbar etishdan iborat
O‘zbekiston Respublikasi bosh Qomusining 67- moddasida: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va to‘la qonunga muvofiq ishlaydilar. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javob beradilar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi”, deb belgilab quyilgan. Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: “O‘zbekiston”., 2019. B.4
Milliy g‘oya targ‘ibotida axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bu bugun ustuvor vazifalardan biri
hisoblanadi. Keyingi yillarda Nodavlat axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash,
ommaviy ularning salohiyatini
moddiy-texnik bazasi va kadrlar mustahkamlash maqsadida bir qancha
jamoat
tashkilotlari tashkil qilindi. O‘z tarkibida 100 dan ortiq elektron ommaviy axborot vositasini birlashtirgan Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi shular jumlasidandir.
Bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo‘nalish
bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega.
Yurtimizdagi teleradiokanallar
tomonidan tayyorlanayotgan ko‘rsatuv va eshittirishlar internet global tarmog‘i orqali real vaqt rejimida jahonga uzatilmoqda.
Bunday keng miqyosdagi ishlar natijasida faqat keyingi 10 yilning o‘zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko‘payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga etdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko‘rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda.

Yüklə 10,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin