Iqtisodiy islohatlar,xususiy mulkchilikning shakllanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/4
tarix23.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#120440
  1   2   3   4
2 5337223994653285792

Oʻzbekiston axborot sohasini isloh qilish, soʻz va axborot erkinligini taʼminlanishi

104-DI: Burxonov B ,Karimov M,Abduvohidov R,Po’latov I

Reja:

1. Ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish.

2. Aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorligini tashkil etish.

3. Axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va tegishli choralar ko‘rish.

Ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish

Ommaviy axborot vositalari (qisqartmasi: OAV) keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va boshqalar) va/yoki elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari OAV, deb koʻrsatilgan.

Bugungi kunda OAV jamiyat hayotida asosiy rolni o'ynamoqda. Shu jumladan, OAV ning O'zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'rni ham tezlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizdagi faoliyatining tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, 1991-yili mamlakatimizda bor yo'gi 395 ta OAV faoliyat yuritgan. 2016- yilga kelib ularning soni 1437 taga yetgan bo'lsa, bugun ularning soni 2 mingga yaqinlashdi va ularning aksariyati xususiydir. O'zbekistondagi ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy mutaxassislarni

tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi.

O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Xalqaro press klub kabi tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O'zbekistonda yetakchi xorijiy OAV vakillari, jumladan Reuters, France Press, BBC, The Economist, Xinhua, «Amerika Ovozi», «Fergana.Ru», Eurasianet muxbirlari erkin ishlamoqdalar.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin