O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Xalqaro press klub kabi tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O'zbekistonda yetakchi xorijiy OAV vakillari, jumladan Reuters, France Press, BBC, The Economist, Xinhua, «Amerika Ovozi», «Fergana.Ru», Eurasianet muxbirlari erkin ishlamoqdalar.
Mamlakatimizda demokratik prinsiplarga mos kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda zamonaviy professional jurnalistikaning muhim o‘rni bor. Sohadagi mavjud tartib-taomillarni soddalashtirish, qonunchilikni doimiy takomillashtirib borish hayotiy zarurat bo‘lib, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorligini tashkil etish.
Mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida, ayniqsa oxirgi 10 yilda ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
So‘nggi yillarda yangi tahrirdagi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunga, shuningdek, «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida», «Reklama to‘g‘risida», «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi va boshqa bir qator qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu esa yangi siyosiy shart-sharoitlarda ommaviy axborot vositalari sohasidagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ta’minladi. Shu bilan birga, nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning axborot sohasini demokratlashtirishda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli institutsional islohotlar amalga oshirildi.