OAV va milliy g‘oya targ‘ibotining amalga oshirishning zamonaviy ko‘rinishlari.
Axborot xurujiga qarshi kurashish-davlat tomonidan maxsus metod (siyosiy, iqtisodiy, diplomatik, harbiy) lar, usullar vositasida, ichki va tashqi axborot makonida o‘z manfaatlarini himoyalashning majmuaviy tizimidir. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash quyidagi asosiy sohalarda olib borilmoqda:
siyosiy (davlatning ichki va tashqi siyosat) faoliyatida;
davlatning siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarida;
harbiy (mudofaa tizimini mustahkamlash).
O‘zbekistonda senzuraning man qilinishi bilan ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar shakllandi.
Axborot makoni globallashuvning hozirgi bosqichida internetning milliy va xalqaro kompaniyalar, davriy matbuot, TV va radio bilan munosabatlari yanada kengayib, boyib bormoqda. Demak, ommaviy axborot vositalarini faoliyatini yanada liberallashtirish orqali milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarining mazmunini oshirish - davr talabi hisoblanadi.