Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

=
-
Yalpi daromad
Foyda 
Umumiy xarajat
Foyda — korxonaning ma’lum vaqt davomidagi yalpi daromadi bilan umumiy 
xarajatlari orasidagi farq bo‘lib, P harfi (inglizcha “profit” (foyda) so‘zining bosh 
harfi) bilan belgilanadi. Agar bu ayirma manfiy bo‘lsa, u holda foyda emas, zarar 
haqida gapiriladi. 
=
X
Tovarning o‘rtacha sotuv narxi
Yalpi daromad
Sotilgan tovar miqdori
Yalpi daromad
 
— tovarni sotishdan tushgan pul tushumi.
Foyda
 
— korxonaning ma’lum vaqt davomidagi yalpi daromadi bilan 
umumiy xarajatlari orasidagi musbat farq.
Fotostudiyalarning may oyidagi pul tushumlari jadvali
1- fotostudiya
Mahsulot nomi
2- fotostudiya
Soni, dona
Narxi, so‘m
Soni, dona
Narxi, so‘m
280
1200
Xujjat uchun foto
350
1000
480
800
Badiiy foto: kichik o‘lchamda
200
700
320
1300
o‘rtacha o‘lchamda
150
1100
250
1800
katta o‘lchamda
80
1500
120
3000
Portret (30x40 sm)
80
3000
4
250000
To‘y fotoalbomi
10
150000
80
20000
Bitiruvchilar vinetkasi
120
12000
35
40000
Manzarali plakat
8
30000
20
50000
Marosimlarda xizmat (soat)
30
35000
___________ so‘m
Jami
___________ so‘m
Fotostudiyalarning may oyidagi xarajatlari jadvali
Miqdori, so‘m
Xarajat nomi
Miqdori, so‘m
1500000
Ijara haqi
800000
1200000
Materiallar
1650000
180000
Kommunal to‘lovlar
160000
1500000
Xodimlarga ish haqi
1250000
100000
Reklama
250000
450000
Boshqa xarajatlar
350000
___________ so‘m
Jami xarajatlar
___________ so‘m
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Fotostudiyalarning jami pul tushumlari va xarajatlarini hisoblang. Ularni 
taqqoslang.
1- fotostudiya shaharning markazida, 2- si esa chekkarog‘ida joylashgan.
2. Fotostudiyalarning mahsulotlari tarkibini, narxlarini taqqoslang. Ularni 
farqlanish sabablarini izohlab bering.
3. Fotostudiyalarning xarajatlari tarkibini tahlil qiling.
4. Har qaysi fotostudiya o‘z faoliyati natijalarini yaxshilash uchun nimalar qilishi 
kerak deb o‘ylaysiz?
5. Agar may oyi oб‘rniga fevral oyi bo‡‘lganida nimalar o‘zgarishi mumkin edi?
6. Fotostudiyalar egalarini 900000 so‘m maoshlik ishga taklif qilishsa, ular ma’qul 
bo‘ladilarmi?


31
31
30
ko‘proq ishlab chiqariladi va aksincha. Iqtisodchilar biror sohani rivojlantirishga 
mablag‘ sarflashni investitsiya qilish yoki sarmoyalash deb atashadi.
Buni yodda tuting!

Foyda tadbirkorlarni biznesdagi yo‘qotishlarga va tavakkalchilik orqali 
zarar ko‘rishlari xavfiga qaramasdan faoliyat yuritishga majbur etadigan eng 
asosiy rag‘bat sanaladi.

Firma egasi uchun ko‘proq daromad qilish emas, balki ko‘proq foyda olish 
muhimroq.

Foydaning bir qismini investitsiya uchun ishlatish tadbirkor kelajagi uchun 
juda muhimdir.
Har bir firmaning maqsadi shunchaki foyda olish emas, balki imkoni boricha 
ko‘proq foyda olish, ya’ni foydani maksimallashtirishdan iborat. Foydani esa ikki 
xil usulda ko‘paytirish mumkin. Birinchisi, yalpi daromadni ko‘paytirish evaziga, 
ikkinchisi esa umumiy xarajatni kamaytirish hisobiga.
Firmaning foydasi quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
— foydaning tegishli qismi davlatga soliq tariqasida majburiy ravishda to‘lanadi; 
— firma faoliyatini rivojlantirish uchun ishlab chiqarishni kengaytirishga, turli 
xil asbob-uskunalar sotib olishga, yangi bino va inshootlar qurishga sarflanadi;
— foydaning qolgan qismi esa korxona egalarining foydasi sifatida o‘zlashtiriladi, 
aksiyadorlarga dividend sifatida taqsimlab beriladi.
1. Foyda bilan daromadning qanday farqi bor?
2. Foydaning tadbirkorlik uchun muhimligini ko‘rsatuvchi ikkita omilini ayting.
3. Daromadlarning ortishi har doim ham foydaning ortishini anglatadimi? Nega?
4. Firmaning iqtisodiy ahvolini nimadan bilish mumkin? 
5. Tovar narxini tushirib ham foydani ko‘paytirish mumkinmi? Qanday qilib?
6. Firmaning foydasi qanday maqsadlarda ishlatiladi?

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin