Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Super-
market 
egasi


39
39
38
Aytaylik, siz uch xil qandolat mahsulotlari ishlab chiqarib, o‘z do‘koni 
orqali sotadigan firmaning rahbarisiz. Qo‘l ostingizda 30 ta xodim ishlaydi. 
Firmangizning tashkiliy tizimi 8.3- chizmada keltirilgan. Undan foydalanib, 
korxonada ishlab chiqarish jarayoni qanday tashkil qilinishi haqida so‘zlab 
bering.
1. Firma nechta va qanday bo‘limlardan iborat bo‘ladi?
2. Har bir bo‘limda nechta ishchi ishlaydi?
3. Bu bo‘limlardagi ishchilarni kimlar boshqaradi?
4. Bo‘lim boshliqlari kimga bo‘ysunadi?
5. Kim kimga qanday ketma-ketlikda bo‘ysunishini ko‘rsatuvchi, 8.4- 
chizmaga o‘xshash boshqaruv tizimini chizing va sharhlang.
8.4- chizma
Direktor
Buni yodda tuting!
• 
Firma qanchalik yirik va ko‘p tarmoqli bo‘lsa, uning boshqaruv tizimi 
ham shunchalik murakkab bo‘ladi.
• 
Boshqaruvning avtomatik, byurokratik va demokratik uslublari mavjud.
• 
Firmani boshqaruvchilar — menejerlari deb ataladi.
• 
Menejment — boshqaruv haqidagi fandir.
MARKETING TUSHUNCHASI
Marketing so‘zi inglizcha “market” so‘zidan olingan bo‘lib, “bozorga bog‘liq 
faoliyat” degan ma’noni anglatadi. Iqtisodiyotda marketing deb bozor sharoitida 
iste’molchilar ehtiyojini o‘rganishdan tovar va xizmatlarni ularga yetkazishgacha 
bo‘lgan faoliyatga aytiladi. Firma uchun marketing faoliyatidan ko‘zlangan asosiy 
maqsad — iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlab, uni to‘laroq qondirish evaziga ko‘proq 
foyda olishdan iborat deb aytish mumkin. Marketing faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar 
marketologlar deb ataladi.
9- MAVZU
MARKETING 
1. Yuqoridagi rasmlarda keltirilgan tovarlardan birini tanlang. Uni ishlab 
chiqarayotgan firma bu tovarni bozorda sotish uchun qanday tadbirlarni amalga 
oshirishi lozim, deb o‘ylaysiz?
2. Bu tadbirlarning qaysi biri tovarni ishlab chiqarishdan oldin, qaysi biri keyin 
o‘tkazilishi lozim?
3. Bu tovarni qanday reklama qilgan bo‘lar edingiz?

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin