39
39
38
Aytaylik, siz uch xil qandolat mahsulotlari ishlab chiqarib, o‘z do‘koni
orqali sotadigan firmaning rahbarisiz. Qo‘l ostingizda 30 ta xodim ishlaydi.
Firmangizning tashkiliy tizimi 8.3- chizmada keltirilgan. Undan foydalanib,
korxonada ishlab chiqarish jarayoni qanday tashkil qilinishi haqida so‘zlab
bering.
1. Firma nechta va qanday bo‘limlardan iborat bo‘ladi?
2. Har bir bo‘limda nechta ishchi ishlaydi?
3. Bu bo‘limlardagi ishchilarni kimlar boshqaradi?
4. Bo‘lim boshliqlari kimga bo‘ysunadi?
5. Kim kimga qanday ketma-ketlikda bo‘ysunishini ko‘rsatuvchi, 8.4-
chizmaga o‘xshash boshqaruv tizimini chizing va sharhlang.
8.4- chizma
Direktor
Buni yodda tuting!
•
Firma qanchalik yirik va ko‘p tarmoqli bo‘lsa, uning boshqaruv tizimi
ham shunchalik murakkab bo‘ladi.
•
Boshqaruvning avtomatik, byurokratik va demokratik uslublari mavjud.
•
Firmani boshqaruvchilar — menejerlari deb ataladi.
•
Menejment — boshqaruv haqidagi fandir.
MARKETING TUSHUNCHASI
Marketing so‘zi inglizcha “market” so‘zidan olingan bo‘lib, “bozorga bog‘liq
faoliyat” degan ma’noni anglatadi. Iqtisodiyotda
marketing deb bozor sharoitida
iste’molchilar ehtiyojini o‘rganishdan tovar va xizmatlarni ularga yetkazishgacha
bo‘lgan faoliyatga aytiladi. Firma uchun marketing faoliyatidan ko‘zlangan asosiy
maqsad — iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlab, uni to‘laroq qondirish evaziga ko‘proq
foyda olishdan iborat deb aytish mumkin. Marketing faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar
marketologlar deb ataladi.
9- MAVZU
MARKETING
1. Yuqoridagi rasmlarda keltirilgan tovarlardan birini tanlang. Uni ishlab
chiqarayotgan firma bu tovarni bozorda sotish uchun qanday tadbirlarni amalga
oshirishi lozim, deb o‘ylaysiz?
2. Bu tadbirlarning qaysi biri tovarni ishlab chiqarishdan oldin, qaysi biri keyin
o‘tkazilishi lozim?
3. Bu tovarni qanday reklama qilgan bo‘lar edingiz?
Dostları ilə paylaş: