41
41
40
degan savollarga javob topishdir. Marketing tadqiqotlari, asosan, to‘rt:
mahsulotni
(bozorni) o‘rganish, narxlash, reklama qilish, bozorda o‘rnashish bosqichlariga
bo‘linadi.
Mahsulotni o‘rganish bosqichi
iste’molchilarning qanday va qaysi tovarlarni sotib
olishga xohishi borligi aniqlanadi, bozor o‘rganiladi, anketa so‘rovlari, og‘zaki
savol-javoblar kabi tadqiqotlar o‘tkaziladi, iste’molchilar ehtiyojini qondiradigan
tovarlarni ishlab chiqarish rejalashtiriladi va rivojlantiriladi.
Narxlash bosqichida tovarning sotuv narxi belgilanadi. Tovarning sotuv narxi
shunday belgilanishi kerakki, tovar o‘z vaqtida sotilsin, ya’ni iste’molchilarning
bu tovarni sotib olishga qurbi yetsin. Shu bilan birga, tovarni ishlab chiqaruvchi
yoki sotuvchi firma ham ma’lum miqdorda foyda olsin.
Reklama bosqichida firma va tovar haqidagi ma’lumotlarni axborot vositalari va
turli tadbirlar orqali iste’molchilarga yetkazish amalga oshiriladi. To‘g‘ri berilgan
reklama tadbiri tovarning sotuv hajmini keskin oshirishi mumkin. Reklama
tadbirlari turli xil yo‘llar va vositalar yordamida amalga oshiriladi. Reklama bevosita
tovar, firma yoki biror tadbir haqida bo‘lishi mumkin. Firma, tovar va tadbirlar
haqidagi rang-barang ma’lumotlar radio, teleцvideniye, internet va boshqa aloqa
tarmoqlari, gazeta va jurnallar, ko‘chalarda o‘rnatilgan ustun va bino devorlaridagi
lavhalar, e’lonlar, plakatlar orqali iste’molchilar e’tiboriga havola etiladi. Tovarning
nisbatan arzon narxi, bejirim qadoqlanganligi va tovar yorlig‘idagi yozuvlar ham
o‘ziga xos reklama hisoblanadi.
Tovarni reklama qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:
Dostları ilə paylaş: