Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Buni yodda tuting!

Marketing iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlash va qondirish tadbirlarini 
tashkil qilish bo‘yicha faoliyatdir.

Marketing faoliyati bilan maxsus bilimga ega mutaxassislar – marketologlar 
shug‘ullanadi.
• 
Marketing tadqiqoti mahsulotni o‘rganish, narxlash, reklama qilish va bozorda 
o‘rganish bosqichlarini o‘z ichiga oladi.


43
43
42
EKOLOGIYA
Ekologiya insoniyatning uni o‘rab turgan tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlari 
haqidagi fandir. U tabiatdagi resurslardan tejab-tergab oqilona foydalanish, ularni 
avaylab-asrash, qayta tiklash muammolarini o‘rganadi. Ma’lumki, insoniyatning 
ehtiyojlari cheksiz bo‘lib, odamlar ularni qondirish jarayonida tabiiy resurslardan 
foydalanadilar. Dastlab, odamlarni tabiatning o‘zi boqqan bo‘lsa, keyinchalik 
ehtiyojlarning ko‘payishi natijasida odamlar tabiat in’omlarini sof holda iste’mol 
qilish bilan kifoyalanmasdan, tabiiy resurslardan turli xil mahsulotlarni o‘zlari 
ishlab chiqarishga o‘tdilar. Bu bilan tabiatdagi muvozanatga sezilarli ta’sir ko‘rsata 
boshladilar. Shu tariqa ekologik muammolar paydo bo‘la boshladi.
EKOLOGIK MUAMMOLAR
Dastlabki paytlarda odamlarning bunday faoliyati natijasida tabiatdagi 
muvozanatning buzilishi, unga yetkazilgan ziyonni qoplashga, o‘rnini qaytadan 
tiklashga muvaffaq bo‘lgan.
10- MAVZU
ISHLAB CHIQARISH VA EKOLOGIYA
1. Rasmda tasvirlangan ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining jamiyat va iqtisodi-
yotga ta’sirining ijobiy va salbiy tomonlarini alohida-alohida ustun qilib yozing.
2. Shuncha salbiy oqibatlari bo‘lsada, korxonaning faoliyat ko‘rsatayotganini 
qanday izohlaysiz?
3. Bu oqibatlarning qay tarzda oldi olinishi mumkin?

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin