FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Nima sababdan hozirda ekologik muammolar огвфjuda dolzarb bo‘lib qoldi?
2. Iqtisodiyotning rivojlanishi hamma vaqt ham ekologik muammolarni keltirib
chiqaradimi?
3. Havoning, suvning ifloslanishi, tuproq tarkibining o‘zgarishi bilan bog‘liq
ekologik muammolarga ikkitadan misollar keltiring.
4. Avtomobillardan chiqayotgan gaz havoni ifloslantirishini bila turib, nega ulardan
baribir foydalanib kelmoqdamiz?
5. Do‘konda biri tabiiy matodan tikilgan, lekin qimmat, ikkinchisi sun’iy matodan
tikilgan, lekin arzon ko‘ylak sotilyapti. Siz qaysi ko‘ylakni sotib olgan bo‘lar
edingiz? Nima sababdan?
6. Orol dengizining umuman qurib qolishi yana qanday ekologik muammolarga
olib kelishi mumkin?
7. Atrof-muhitni himoya qilish bilan nega, asosan, davlat shug‘ullanadi?
8. Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun davlat qanday vositalardan foydalanadi?
9. Atrof-muhitni muhofaza qilish ishida siz qaysi xatti-harakatlaringiz bilan hissa
qo‘shishingiz mumkin?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! 4. Orol muammosi misolida iqtisodiy rivojlanish va ekologiya masalalarining
bir-biriga zid kelishini tushuntiring.
5. Orol muammosining oqibatlarini yengillashtirish uchun qanday tadbir-
larni amalga oshirish zarur deb o‘ylaysiz?
Buni yodda tuting! •
Barcha ekologik muammolar, asosan, inson iqtisodiy faoliyatining mahsuli
hisoblanadi.
•
Iqtisodiyot va ekologiya orasidagi ziddiyatni yumshatish va atrof-muhit
muhofazasini, asosan, davlat o‘z zimmasiga olgan.
•
Atrof-muhit muhofazasi har birimizning muqaddas burchimiz bo‘lishi lozim.
1. Tumaningizda mavjud ekologik muammolarni aniq lab, ular haqida
qisqacha referat yozing. Bu muammolarning kelib chiqish sabablarini toping va
bartaraf qilish yo‘l-yo‘riqlarini taklif qiling. Bu muam molarni bartaraf qilishda
siz va teng doshlaringiz qanday hissa qo‘shishingiz mumkinligini ayting.
2. “Orol muammosi va uni hal qilish yo‘llari” mavzusida ki chik loyiha tuzing
va uni sinfda himoya qiling.