81 81 80 6 – E. Sariqov, B. Haydarov
• jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan yer
uchastkalari;
• xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
• meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar
bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan
yer uchastkalari;
• qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;
• tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan
yer uchastkalari.
YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG‘I Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi
asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar
yer solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar.
Yagona soliq to‘lashga o‘tgan yoki soliqning alohida turlariga o‘tgan korxonalar,
savdo tashkilotlari yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘lmaydilar.
Yuridik shaxslar ajratib berilgan yerlar uchun yerdan foydalangan yoki foy-
dalanmaganidan qat’iy nazar yer solig‘i to‘laydilar.
Yuridik shaxslar uchun quyidagi yer maydonlari yer solig‘i obyekti bo‘lib hisob-
lanadi:
• qonunda belgilangan tartib bo‘yicha o‘z mulki qilib olingan yer maydonlari;
• o‘rmon xo‘jaligi uchun egalik qilishga berilgan yerlar;
• korxona qilishga, imoratlar, inshootlar qurishga yoki boshqa noqishloq xo‘jalik
maqsadlari uchun foydalanishga berilgan yerlar.
YER SOLIG‘I STAVKALARI O‘zbekiston Respublikasida yer solig‘ining quyidagi stavkalari qo‘llaniladi:
1. Yer solig‘i to‘lashda qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari uchun
yagona yer solig‘i stavkasi;
2. Yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun
yer solig‘i stavkalari.
Yagona yer solig‘i stavkasi mamlakatimizda 2012- yildan boshlab qishloq
xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatidan 6% miqdorida belgilangan.
Odamlarning hovlilari va jamoat imoratlari band etgan yerlar qiymati 2 ga
ko‘paytirilgan (2 koeffisient qo‘llanilgan) holda baholanadi va shu qiymatdan
yagona yer solig‘i to‘laydilar.