Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Ishchi kuchiga bo‘lgan talab
— ishchi kuchining narxi bilan korxonalarning 
unga nisbatan ehtiyoji o‘rtasidagi bog‘lanish bo‘lib, ma’lum vaqt 
davomida turli narxlarda qancha ishchining ishchi kuchi korxonalar 
tomonidan sotib olinishini bildiradi.
Jamg‘arma 
— 
kelajakdagi ehtiyojni qondirish uchun jamg‘ariladigan pul.
Kapital resurslar
 — 
inson tomonidan yaratilgan va boshqa mahsulot turlarini 
yaratishda ishtirok etadigan resurslar.
Kasaba uyushmasi 
— yollanma ishchilar manfaatlarini ish beruvchilar va 
davlat oldida himoya qiluvchi nodavlat, jamoat tashkiloti.
Konvertatsiya 
— bir davlat valutasini boshqa davlat valutasiga almashtirish 
imkoniyati.
Korxona 

tovar va xizmatlar ishlab chiqarish amalga oshiriladigan xo‘jalik 
tashkiloti.
Kredit
— bank tomonidan mijozlariga berilgan qarz.
Kredit foizi
 
— berilgan qarzdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan 
qo‘shimcha haq.
Kreditning yillik foiz stavkasi 
— yil davomida qarzdan foydalanganlik uchun 
to‘lanadigan qo‘shimcha haqning asosiy qarz miqdoriga nisbatan foiz 
miqdori. 
Kvota 

mamlakatga chetdan keltirilayotgan yoki chetga olib chiqib 
ketilayotgan tovar va xizmatlar hajmiga o‘rnatilgan yuqori chegara.
Mahsulot 
— inson mehnatining, iqtisodiy faoliyatning mahsuli. 
Majburiy xarajatlar
— kundalik turmushda ularsiz yashab bo‘lmaydigan 
xarajatlar.
Markaziy bank
 
— tijorat banklariga xizmat ko‘rsatuvchi davlatning asosiy 
banki.
Markazlashgan rejali iqtisodiyot 
— 
deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari
davlat tasarrufida bo‘lib, iqtisodiy yechimlar markazlashgan holda 
davlat tomonidan qabul qilinadigan va rejaga ko‘ra amalga oshiriladigan 
iqtisodiy tizim.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin