Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


109
109
108
Bilasizmi?
Birinchi jahon urushidan keyin, 1923- yili Germaniyada narxlar 1,3 trillion 
marta oshib, giperinflatsiya kuzatilgan. 1985- yili Boliviyada inflatsiya darajasi 
8000 % ga yetgan. 1993- yili Braziliyada inflatsiya darajasi 2148 % ni tashkil 
qilgan. 1990- yillar boshida esa sobiq ittifoq respublikalarining barchasida 
inflatsiya darajasi yuqori bo‘lgan.
budjetidan maosh oluvchi xizmatchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar, harbiylar, nafaqa 
oluvchilar, shuningdek, mablag‘larini jamg‘arayotgan fuqarolar ko‘proq zarar 
ko‘radi. Chunki, yillar davomida ular yiqqan pul mablag‘lari tezda qadrsizlanib 
qoladi. Shu bois, odamlar banklardan omonatlarini olib, do‘kondan tovarlar 
sotib ola boshlashadi. Natijada, tovar tanqisligi vujudga kelishi mumkin. Inflatsiya 
darajasini hisobga olmasdan, pulini birovga qarzga bergan kishilar ham inflatsiyadan 
ziyon ko‘rishadi.
Giperinflatsiya davrida narxlar yiliga 50 baravardan ham ko‘pga oshadi. Bu 
ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish 
sur’atlari pasayadi. Tuzilgan bitimlar o‘z kuchini yo‘qotadi, chunki, shartnomadagi 
narxlar xomashyo yetkazib beruvchi tomonni qanoatlantirmaydi.
Omonatchilarning o‘z pul mablag‘larini banklardan shoshilinch talab qilishi va 
olishi natijasida, banklar bankrotga uchray boshlaydi. Pul mablag‘lari bor banklar ham 
qarzga pul berishdan cho‘chib qoladi. Bunday inflatsiya paytida ishlab chiqarilgan 
tovarni sotish ham befoyda bo‘lib qoladi. Chunki xomashyo va resurslar narxining 
kun sayin oshishi tufayli, tovarni sotishdan tushgan pulga yana shuncha tovar ishlab 
chiqarish amri mahol bo‘lib qoladi. 
Tadbirkorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmay qo‘yishadi. Ko‘plab ishlab 
chiqarish korxonalari yopiladi. Ishsizlar ko‘payadi. Tadbirkorlar faqat qisqa 
muddatli savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan bo‘lib qoladi. Chunki bu paytda, 
pulni qadrsizlanib ulgurmasdan sarflash kerak bo‘ladi.
Giperinflatsiya davrida davlatning bir maromda kechayotgan iqtisodiy siyosati 
izdan chiqadi. Davlat budjetining kamomadi keskin oshib ketadi. Davlat o‘z 
zimmasidagi ijtimoiy vazifalarni bajarishga mablag‘ topa olmay qoladi. Mamlakatda 
ham iqtisodiy, ham ijtimoiy tanglik vujudga keladi. Giperinflatsiya natijasida 
mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalari zarar ko‘radi. 1990- yillar boshida sobiq 
ittifoq respublikalarining hammasini inflatsion tanglik qamrab olgan edi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin