Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

141
141
140
“Inqirozga qarshi choralar dasturi” quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:
– korxonalarni modernizatsiya qilish, zamonaviy texnik va texnologik jihatdan 
qayta jihozlash;
– eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash;
– qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, mahsulot tannarxini pasaytirish hiso-
biga korxonalar raqobatbardoshligini oshirish;
– mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash;
– energiya tejashning samarali tizimini joriy etish va energiya iste’molini 
kamaytirish.
“Inqirozga qarshi choralar dasturi”ning puxta ishlab chiqilganligi va uni izchil, 
og‘ishmay amalga oshirishga kirishilganligi 2009- yildayoq o‘zining ilk natijalarini 
berdi. Jumladan, moliya-bank tizimini mustahkamlash borasida quyidagi nati-
jalarga erishildi:
– 2008–2009- yillarda tijorat banklarning umumiy kapitali 2 barobar ko‘paydi;
– davlat tomonidan banklar nizom jamg‘armasiga 500 mlrd so‘m qo‘shimcha 
mablag‘ ajratildi;
– banklar umumiy kapitali aholi va yuridik shaxslar hisob raqamidagi 
mablag‘laridan 2 barobar ortiq bo‘lib, ularning to‘lovga qodirlik darajasi oshirildi;
– aholi omonatlari miqdori 2009- yilda 1,7 barobarga oshdi.
O‘tgan bir necha yil mobaynida “Inqirozga qarshi choralar dasturi”ni amalga 
oshirish va iqtisodiy rivojlanishning maqbul yo‘nalishini tanlash natijasida mam-
lakatimiz iqtisodiyoti barqaror o‘sib bormoqda. Mamlakatimiz yalpi ichki mah-
suloti oxirgi davrda yiliga 8 % dan kam bo‘lmagan sur’at bilan ortmoqda. Tashqi 
qarz jahondagi eng past ko‘rsatkichlar darajasida ushlanmoqda. Davlat budjeti 
yildan-yilga profitsit bilan bajarilmoqda. Tashqi savdo salmog‘i muttasil ravishda 
musbat bo‘lishi ta’minlanmoqda.
Iqtiboslar
Bugungi kunda 3 milliard 200 million AQSH dollaridan ortiq nizom 
jamg‘armasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot 
fondi faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda. Yaqin istiqbolda ushbu Fond 
aktivlarini 5 milliard AQSH dollariga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. O‘tgan 
2008–2009- yillar mobaynida o‘nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini 
moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 
million AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi.
Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» kitobidan
1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuz berishining sababi nimada?
2. Nima sababdan ushbu inqiroz dunyo bo‘yicha global muammoga aylandi?
3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy jihatlarini sanab bering. 
4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yurtimiz iqtisodiyotiga ta’siri qanday 
bo‘ldi? Fikringizni misollar bilan asoslashga harakat qiling.
5. Mamlakatimizda inqirozning oldini olish va bartaraf etish uchun qanday chora-
tadbirlar ishlab chiqildi?
6. Prezidentimiz Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston 
sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» kitobi haqida nimalarni 
bilasiz?

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin