Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Valutaning ayirboshlov kursi
— bir davlat valutasining boshqa davlat pul 
birligida ifodalangan narxi.
Vaqtbay ish haqi
 — 
ishchiga ishlagan vaqti miqdoriga qarab to‘lanadigan 
pul miqdori.
Vositachilik
— xaridor va sotuvchini o‘zaro uchrashtirib, tovar oldi-sotdi 
jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan faoliyat.
Xaridor
 — 
bozorda pulini tovarga almashadigan, ya’ni tovar sotib oladigan 
tomon.
Xizmatlar
— moddiy narsa yaratmaydigan, natijasi ehtiyojlarni qondiradigan 
iqtisodiy faoliyat.
Xususiy mulk
 — 
alohida olingan shaxsga yoki shaxslar jamoasiga tegishli 
mol-mulk.
Xususiylashtirish
 — 
davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish jarayoni.
Yakka tartibdagi firma 

yakka shaxs mulki asosiga tashkil etiladigan va 
boshqariladigan firma.
Yalpi daromad 
— tovarni sotishdan tushgan pul tushumi.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM)
— mamlakat hududida bir yil mobaynida 
ishlab chiqarilgan, tugal ko‘rinishdagi tovar va xizmatlarning bozor 
narxlaridagi umumiy qiymati.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) 
— yil mobaynida mamlakat fuqarolari 
tomonidan (yer yuzining qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar) yaratilgan 
jami tugal tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymati.
Yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati 
— aksiyalari faqat oldindan belgilab 
qo‘yilgan shaxslar guruhiga sotiladigan jamiyat.
O‘rtacha xarajat
— bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan 
xarajat miqdori.
O‘zaro bog‘liq tovarlar 
— birining narxi o‘zgarishi ikkinchisiga bo‘lgan 
talabning o‘zgarishiga olib keladigan tovarlar jufti.
O‘zgarmas xarajatlar
— ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan 
xarajatlar.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin