Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Menejment
— 
biror ko‘zlangan maqsadga erishish usullari, shakllari
vositalari va boshqarish tamoyillarini o‘rganadigan fan.
Menejer
 
— maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurituvchi yoki 
boshqaruvchi.
Agarda firma savdo-sotiqdan tashqari ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullansa, 
uning tashkiliy tizimi yanada murakkabroq bo‘ladi.
BOSHQARUV USLUBLARI
Avtokratik
, ya’ni yakka hokimlik uslubi. Bunda rahbar o‘zgalar fikrini so‘rab 
o‘tirmaydi, balki buyruq berib uning bajarilishini nazorat qiladi. Bunday uslubda 
firmaning jamoasi markazlashgan bo‘ladi, xodimlar orasida esa aloqalar deyarli 
bo‘lmaydi.
Byurokratik
(qog‘ozbozlik) uslubi. Bu uslub ham yuqoridagi uslubning bir 
ko‘rinishi bo‘lib, firma faoliyati Э"tepadan tushirilgan" buyruqlar, yo‘l-yo‘riqlar va 
rasmiy qog‘ozlar asosida boshqariladi. Bunday korxonada tashabbuskorlikka emas, 
qog‘oz hujjatlarga ko‘proq e’tibor beriladi.
Demokratik
uslub. Bunda jamoaning barcha a’zolari qaror qabul qilish 
jarayonida ishtirok etadi. Jamoa har bir a’zosining fikri inobatga olinib, ular 
umumiy ishga qandaydir hissa qo‘shayotganligidan qoniqadi. Bunday jamoalarda, 
odatda, odamlar o‘z ishlariga sadoqatli bo‘ladi. Rahbarning asosiy vazifasi jamoa 
a’zolarini tashabbuskorlikka yo‘naltirishdan iborat bo‘lib qoladi.
8.1- chizma
Do‘kon egasi
Yollangan xodim
Bo‘lim 
boshlig‘i
(menejer)
Bo‘lim 
boshlig‘i
(menejer)
Super-
market 
bosh 
menejeri
Yollangan xodim
Yollangan xodim
Yollangan xodim
Yollangan xodim
8.2- chizma
1. Menejment deganda nimani tushunasiz?
2. Menejerlar qanday kasb egalari? Ularning faoliyati haqida gapirib bering.
3. Sizga maktabda “Navro‘z” bayramini o‘tkazish topshirildi. Siz ishni nimadan 
boshlab, nima bilan tugatgan bo‘lar edingiz? 
4. Boshqarishning asosiy qoidalaridan biri “maqsad — harakat yo‘nalishini 
aniqlaydi” degan qoidani qanday tushunasiz? Boshqaruvda nega maqsadlar 
shu darajada zarur?
5. Maktab boshqaruvining tuzilmasini chizing va sharhlang.
6. Har bir boshqaruv uslublarining afzallik va kamchilik tomonlarini ayting.
7. Harbiy qismni boshqarish uchun qaysi usulni tanlagan bo‘lar edingiz? Nega?

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin