Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Marketing
– bozor sharoitida iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va uni 
qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat.
Marketolog 
– marketing faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, maxsus bilimga 
ega bo‘lgan mutaxassis.
MARKETING TADQIQOTI
Firmaning butun ishlab chiqarish faoliyati marketing tadqiqotlariga tayangan 
holda tashkil qilinishi kerak. Marketing tadqiqotidan ko‘zlangan maqsad firma 
oldida turgan nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qanday narxda 
sotish, kim uchun ishlab chiqarish, qaysi bozorga yetkazish va sotish lozim 
Xomashyo 
ombori
1-ishlab chiqarish sexi
Tayyor mahsulotlar ombori
Avtomobil 
parki
Do‘kon
2-ishlab chiqarish sexi
3-ishlab chiqarish sexi
Ofis
Hisobxona
8.3- chizma
Topshiriq


41
41
40
degan savollarga javob topishdir. Marketing tadqiqotlari, asosan, to‘rt: mahsulotni 
(bozorni) o‘rganish, narxlash, reklama qilish, bozorda o‘rnashish bosqichlariga 
bo‘linadi.
Mahsulotni o‘rganish bosqichi
 
iste’molchilarning qanday va qaysi tovarlarni sotib 
olishga xohishi borligi aniqlanadi, bozor o‘rganiladi, anketa so‘rovlari, og‘zaki 
savol-javoblar kabi tadqiqotlar o‘tkaziladi, iste’molchilar ehtiyojini qondiradigan 
tovarlarni ishlab chiqarish rejalashtiriladi va rivojlantiriladi. 
Narxlash bosqichida tovarning sotuv narxi belgilanadi. Tovarning sotuv narxi 
shunday belgilanishi kerakki, tovar o‘z vaqtida sotilsin, ya’ni iste’molchilarning 
bu tovarni sotib olishga qurbi yetsin. Shu bilan birga, tovarni ishlab chiqaruvchi 
yoki sotuvchi firma ham ma’lum miqdorda foyda olsin. 
Reklama bosqichida firma va tovar haqidagi ma’lumotlarni axborot vositalari va 
turli tadbirlar orqali iste’molchilarga yetkazish amalga oshiriladi. To‘g‘ri berilgan 
reklama tadbiri tovarning sotuv hajmini keskin oshirishi mumkin. Reklama 
tadbirlari turli xil yo‘llar va vositalar yordamida amalga oshiriladi. Reklama bevosita 
tovar, firma yoki biror tadbir haqida bo‘lishi mumkin. Firma, tovar va tadbirlar 
haqidagi rang-barang ma’lumotlar radio, teleцvideniye, internet va boshqa aloqa 
tarmoqlari, gazeta va jurnallar, ko‘chalarda o‘rnatilgan ustun va bino devorlaridagi 
lavhalar, e’lonlar, plakatlar orqali iste’molchilar e’tiboriga havola etiladi. Tovarning 
nisbatan arzon narxi, bejirim qadoqlanganligi va tovar yorlig‘idagi yozuvlar ham 
o‘ziga xos reklama hisoblanadi.
Tovarni reklama qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin