Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


 Ishlab chiqarishning biror sohasidagi nisbiy ustunlik



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

3. Ishlab chiqarishning biror sohasidagi nisbiy ustunlik
. Ba’zi hollarda ikki 
davlatning biri qaralayotgan har ikki sohada ham mutlaq ustunlikka ega bo‘ladi. 
Quyidagi jadvalga e’tiborni qarataylik:
Ishlab chiqarishga ketgan ishchi kuchi sarfi, soatda
1-mamlakatda
2-mamlakatda
Plastmassa idish
10
20
Elektr lampochkasi
30
40
Unga ko‘ra, 1- mamlakatda bir dona elektr lampochkasi va bir dona plastmassa 
idish ishlab chiqarish uchun 2- mamlakatdagiga qaraganda kam ish vaqti sarflanadi, 
ya’ni 1- mamlakat bu sohalarda mutlaq ustunlikka ega. Lekin 1- mamlakatda elektr 
lampochkasi ishlab chiqarishning muqobil qiymati 30 : 10 = 3 dona plastmassa 
idishni, 2- mamlakatda esa 40 : 20 = 2 dona plastmassa idishni tashkil qiladi. 
Demak, 2- mamlakat elekrt lampochkasi ishlab chiqarishda 1- mamlakatga 
nisbatan nisbiy ustunlikka ega. Ikkinchi tomondan, 1- mamlakat plastmassa idish 
ishlab chiqarishda 2-mamlakatga nisbatan nisbiy ustunlikka ega. Chunki bir dona 
plastmassa idishni ishlab chiqarishning muqobil qiymati 1- mamlakatda 10 : 30 = 
1/3 ta elektr lampochkasini, 2- mamlakatda esa 20 : 40 = 1/2 ta elektr lampochkasini 
tashkil qiladi. Shu bois, agar 1- mamlakat plastmassa idish ishlab chiqarishni o‘zida 
tashkil qilib, 2- mamlakatga sotsa va elektr lampochkasini 2- mamlakatdan sotib 
Mutlaq ustunlik 
— bir xil miqdordagi resurslarga ega bo‘lgan 
mamlakatlardan birining shu resurslar yordamida boshqalariga nisbatan ko‘p 
mahsulot ishlab chiqara olish imkoniyatiga ega ekanligi.


125
125
124
olsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki elektr lampochkasi ishlab chiqarishning 
muqobil qiymati 1- mamlakatda 2- mamlakatga qaraganda yuqori. Xuddi 
shuningdek, 2- mamlakat elektr lampochkasini ishlab chiqarishni o‘zida tashkil qilib, 
1- mamlakatga sotsa va plastmassa idishni 1- mamlakatdan sotib olsa, maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Demak, har bir davlat muqobil qiymati boshqa davlatlardagiga 
nisbatan kam bo‘lgan tovarni ishlab chiqarib, chetga sotishi lozim. 
Nisbiy ustunlik 
nazariyasi
buyuk ingliz iqtisodchi olimi David Rikardo tomonidan yaratilgan.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin