Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
JAHON IQTISODIYOTI MUAMMOLARI
29- MAVZU
1. Yuqoridagi rasmlarda qanday muammolar tasvirlangan? Ular haqida so‘zlab bering.
2. Yana qanday jahon iqtisodiyoti muammolarini bilasiz?
3. Bu muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlang.
4. Bu muammolarning butun dunyo iqtisodiyotiga qanday ta’siri bor? 
5. Ularni yechishning qanday yo‘llarini taklif qilasiz?
6. Har bir davlat bu muammolarni o‘zicha hal qilish imkoniyatiga egami?
7. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi haqida nimalar eshitgansiz?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
YER YUZIDA TINCHLIKNI SAQLASH
Shunday iqtisodiy muammolar borki, ular barcha davlatlarga tegishli. Yer yuzida 
tinchlikni saqlash insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biridir. Bir 
qarashda siyosiy masaladek bo‘lib ko‘ringan bu muammo, bevosita iqtisodiyot 
bilan ham bog‘liqdir. Har qanday urush iqtisodiyot rivojini o‘nlab yillar orqaga 
suradi. Hozirda Yer yuzida har kuni 3 milliard dollar mablag‘ harbiy maqsadlar 
uchun sarflanmoqda. Shu bilan bir paytda, dunyoning turli burchaklarida har 
Topshiriq
Eski gazeta va jurnallar hamda internet sahifalaridan respublikamiz valutasi 
kursi haqidagi ma’lumotlarni to‘plang va uning o‘zgarishini tahlil qiling.


137
137
136
sakkiz kishidan biri och-nahor kun kechirmoqda. Insoniyat insofga kelib, harbiy 
xarajatlarni tinchlik maqsadlarida ishlatsa, bundan hamma manfaatdor bo‘lishi 
mumkin. Afsuski, muammoning yechimi bunchalik sodda emas. Bu masalada 
harbiy xarajatlarga juda kam mablag‘ sarflab, iqtisodiy rivojlanishda oldingi 
o‘rinlarga chiqib olgan Yaponiya, Shvetsiya, Norvegiya kabi davlatlar yo‘lidan 
borish yagona yechim hisoblanadi.
ATROF-MUHITNING IFLOSLANISHI
Olimlarning fikricha, insoniyatning iqtisodiy faoliyati natijasida atrof-muhitning 
haddan tashqari ifloslanib borishi har qanday urushdan ham battarroq oqibatlarga 
olib kelishi mumkin. Havo va suv havzalarining ifloslanishi, tuproq tarkibining 
o‘zgarishi natijasida katta yer maydonlarining foydalanishga yaroqsizlanib borishi, 
oxir-oqibat insonning tirikligini ham xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Tabiat, uning 
faqat 1 foiz qismiga inson tomonidan ziyon yetkazilgandagina o‘zini-o‘zi davolab, 
tiklay olishi mumkin. Lekin hozirdanoq inson tabiatga 10 baravar ko‘p ozor 
bermoqda. Buning natijasida, Yer yuzida asliga qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar 
sodir bo‘lmoqda. Insoniyat salomatligi borgan sari yomonlashib bormoqda. Atrof-
muhitni himoya qilish maqsadida davlatlar tomonidan qator kelishuvlar imzolangan. 
Tabiatni himoya qilish bo‘yicha xalqaro jamg‘armalar ish olib bormoqda.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin