P r = P n I Bu yerda:
R — samaradorlik;
P — foyda miqdori;
TC — xarajatlar miqdori.
P . 100 % TC R = Firma birinchi oyda 20000000 so‘m xarajat qilib, 25000000 so‘m daromad
qildi. Ikkinchi oyda esa 25000000 so‘m xarajat qilib, 30000000 so‘m вфкщьфвdaromad
qildi. Qaysi oyda firma faoliyatining samaradorligi yuqori bo‘lgan?
Mashq SAMARADORLIK Firmaning ma’lum davr mobaynidagi faoliyatini ko‘rsatuvchi o‘lchovlar bor.
Ulardan biri samaradorlik (rentabellik) tushunchasidir. Firma umumiy faoliyatining
samaradorligi (rentabellik) deb, uning muayyan davrda olgan foydasi miqdorining,
shu davrda sarflangan jami xarajatlari nisbatiga aytiladi.
Foydaning nominal miqdori – foydaning joriy narxlarda ifodalangan
qiymati.
Foydaning real miqdori – foydaning biror yildagi narxlarga nisbatan xarid
qilish quvvati.
Firma faoliyatining samaradorligi — firmaning muayyan davrda olgan
foydasi miqdorining shu davrda sarflangan jami xarajatlari miqdoriga nisbati.
Masalan, “Sherdor” firmasi bir oy davomida 30000000 so‘m xarajat qilib,
7500000 so‘m foyda oldi. Demak, firma faoliyatining bu oydagi foydalilik darajasi
R = P : TC = 7500000 : 30000000 = 0,25 yoki 25% ga teng bo‘ladi. Odatda,
samaradorlik foizlarda ko‘rsatiladi. Korxona faoliyatining foydalilik ko‘rsatkichi
25% ga teng bo‘lishi yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Firmani ma’lum muddatdagi iqtisodiy faoliyatining natijalari firmaning foyda
va zarari haqidagi hisobotida o‘z aksini topadi.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatining rivojlanishida aylanma mablag‘larning bir
maromda aylanib turishi muhim ahamiyatga ega. Bu mahsulotni ishlab chiqarishdan
tortib, uni sotishgacha bo‘lgan jarayonni oqilona boshqarishni taqozo etadi. Aylanma
mablag‘ miqdorining kamayib ketishi ishlab chiqarish hajmining kamayib ketishiga
olib keladi. Aylanma mablag‘ qancha tez aylansa, korxona shuncha ko‘p foyda