Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

DAVLAT BUDJETI HAQIDA TUSHUNCHA
Davlat budjeti davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan 
asosiy moliyaviy hujjatidir. Davlat budjetini tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad: 
davlat oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun moliyaviy asosni 
shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning istiqboldagi rejasini amalga 
oshirish, aholi daromadlarini qayta ko‘rib chiqishdir. Davlat budjeti daromad va 
xarajat qismlaridan tashkil topadi.
DAVLAT BUDJETINING DAROMAD QISMI 
Davlat budjetining daromad manbalariga quyidagilar kiradi:
— fuqarolar daromadidan olinadigan soliqlar;
— korxonalar foydasidan olinadigan soliqlar;
davlat korxonalarining foydasi;
— davlat qimmatli qog‘ozlarini sotishdan tushgan pul;
— davlat mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar;
— davlat boji va boshqa tushumlar. 
Davlat hududiga ayrim turdagi tovarlarni olib kirganlik uchun yoki davlat 
muassasalari tomonidan ko‘rsatilgan ayrim xizmatlar uchun davlatga to‘lanadigan 
maxsus to‘lov turi davlat boji deb ataladi. Aytib o‘tish lozimki, soliqlar davlat 
budjeti daromad qismining asosiy manbasi hisoblanadi. Shu manbalar asosida 
davlat o‘z pul mablag‘larining markazlashgan jamg‘armasi — davlat budjetining 
daromad qismini hosil qiladi va uni yil davomida xarajat qiladi.
4. O‘tgan darsda siz davlatning vazifalari bilan tanishdingiz. Davlat o‘z vazifalarini 
bajarish uchun mablag‘ni qayerdan oladi? Bu vazifalarni bajarishga mabag‘lar 
qayerdan moliyalashtiriladi?
O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasining 
Oliy Majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Yil yakunlangandan so‘ng 
hukumat budjetining ijrosi bo‘yicha Oliy Majlisga hisobot beradi.
Bilasizmi?
Davlat budjeti
– davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari 
rejalashtirilgan asosiy moliyaviy hujjati.
Boj
— davlat muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan ba’zi bir xizmatlar 
uchun yoki davlat hududiga ayrim turdagi tovarlarni olib kirish uchun 
to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lanadigan haq.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin