FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Ishchi kuchi taklifi — ma’lum vaqt davomida muayyan narxlarda qancha
ishchi o‘z ishchi kuchini sotishga rozi ekanligini anglatadi.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab — ma’lum vaqt davomida muayyan narxlarda
qancha ishchining ishchi kuchi korxonalar tomonidan sotib olinishini
bildiradi.
ISH HAQI VA UNING MIQDORI Ishchi kuchining narxi unga to‘lanadigan pul — ish haqi bilan o‘lchanadi.
Tabiiyki, ishchi kuchining narxi qancha arzon bo‘lsa, bunday mehnat bilan
shug‘ullanishni istaydigan ishchilar soni shuncha kam bo‘ladi va aksincha,
ISHSIZLIK Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif p S D q Oylik ish haqi Ishchilar soni 3000 350000 3500
2500
400000
24.1- chizma.
ishchi kuchining narxi qancha qimmat bo‘lsa, bunday
mehnat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar soni shuncha
ko‘p bo‘ladi. Buni grafikda ifodalasak, 24.1- chizmadagi
kabi
S chiziqni hosil qilamiz. Bu grafik ishchi kuchining
taklif chizig‘i deb ataladi. Ikkinchi tomondan, ishchi
kuchining narxi qancha arzon bo‘lsa, korxonalar shuncha
ko‘p ishchi yollashadi va aksincha, ishchi kuchining narxi
qancha qimmat bo‘lsa, korxonalar shuncha kam ishchini
ishga yollashadi. Buni ham grafik yordamida ifodalasak,
24.1- chizmadagi kabi ishchi kuchiga bo‘lgan talab chizig‘i
deb ataladigan
D chiziqni hosil qilamiz. Boshqa tovarlar
bozorida bo‘lganidek, ishchi kuchining bozor narxi, unga
bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib aniqlanadi. Ishchi
kuchiga bo‘lgan talabning taklif miqdoriga teng bo‘lgandagi
narxi, uning bozor narxini belgilaydi. 24.1- chizmada
tasvirlangan ishchi kuchining narxi 350 000 so‘mni, bunday
oylik ish haqiga rozi bo‘lgan ishchilar soni 3 000 kishini
tashkil qiladi.