Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Buni yodda tuting!
1. Jahon iqtisodiyotining qanday muammolarini bilasiz?
2. Iqtisodiyot va ekologiya o‘rtasidagi ziddiyatning kelib chiqish sababi nimada?
3. Oziq-ovqat tanqisligi muammosi qanday hal etiladi?
4. Xomashyo va energiya tanqisligi muammosini qanday yechish mumkin?
5. Jahon iqtisodiyotining global muammolari haqida nimalarni bilasiz?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!


139
139
138
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY 
INQIROZI
30- MAVZU
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZINING
KELIB CHIQISH SABABLARI
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi AQSH ipotekali kreditlash tizimida 2008- 
yilda ro‘y bergan tanglikdan boshlandi.
AQSH banklarining bir necha yillar davomida pul bilan ta’minlanmagan ipo-
teka kreditlarini berishi oqibatida, kreditga berilgan pullarning ancha qismi bankka 
qaytib kelmagan. Natijada, bu banklarning to‘lov qobiliyatlari zaiflashib, bankrot 
darajasiga kelib qoldi. Ishlab chiqarish korxonalari bankdan kredit ololmagan-
liklari sababli, o‘z ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga majbur bo‘ldi. Bu 
o‘z navbatida, ishsiz-lar sonining oshishiga olib keldi. Bunday tanglik mamlakat 
miqyosiga ko‘tarildi va AQSH iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan 
dunyoning qator mamlakatlar iqtisodiyotiga ham ta’sir qildi. Oxir-oqibat, jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga keldi.
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI OQIBATLARI
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijasida 2008–2009- yillarda AQSH
Kanada, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Ukraina va boshqa qator mamlakatlarda 
g‘oyat tashvishli holat vujudga keldi. Bu mamlakatlarda ko‘plab kompaniyalar, 
korxona va firmalar bankrot bo‘ldi. 2008- yil natijalariga ko‘ra, AQSH YaIM hajmi 
3,8% ga tushib ketdi, ishsizlar soni esa 2,2 mln kishiga ko‘paydi. Yaponiyada esa 
YaIM hajmi 3,1% ga pasaydi, ishsizlik darajasi esa 4,4% ga yetgan. Yevropa It-
tifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlarda sanoat ishlab chiqarishi 12% ga tushib ketgan. 
Jumladan, aholining daromadlari kamayishi va ertangi kunga ishonchsizlikning 
ortishi tufayli avtomobil savdosi Yevropada 27% ga pasayib ketdi.
1. Banklar mamlakat iqtisodiyotida qanday ahamiyatga 
ega?
2. “Ishlab chiqaruvchi korxona va firmalarning banklar 
bilan hamkorligi” deganda nimani tushunasiz?
3. “Ipoteka krediti” deganda nimani tushunasiz? Uy-joyni 
kredit asosida sotib olish mumkinligi haqida qanday 
ma’lumotlarga egasiz? 
4. 2008–2009- yillarda kuzatilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi haqida nimalar bilasiz?

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin