Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari
Reja
Kirish
Asosiy qism
2.1. Jahon moliyaviy inqirozining mohiyati
2.2. Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar
3.Xulosa
4.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Prezident I.A.Karimovning "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari" deb nomlangan asarida 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlash bugungi kunning dolzarb muammosi ekanligi ta’kidlangan. O‘qituvchi 2008 yilning boshlarida boshlangan inqiroz jarayonining miqyosi asta-sekin kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketganligiga o‘quvchilar e’tiborini qaratib, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqarganligini aytadi.
Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holati va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelganligi ham kitobda ko‘rsatilganligini o‘qituvchi o‘quvchilarga aytib, ko‘rgazmali vositalardan foydalanib, darsni olib boradi (1-jadval).
- Moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi;
- Avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligini va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi;
Moliyaviy-iqgisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog‘liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoni)ga bog‘liq.
Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning ko‘lami shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liq.
Kitobda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, bozor iqtisodiyoti o‘zini- o‘zi tartibga soladi, degan tasavvurlardan voz kechdik.
Shu bilan birga Prezidentimiz tomonidan o‘rtaga tashlangan “Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang» degan hayotiy tamoyilga tayangan holda islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘li tanlanganligiga o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini jalb qilish lozim.
Binobarin, o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik.
Dostları ilə paylaş: |