Mavzu: chor rossiyasining turkiston o‘lkasi boyliklariga munosabati va uning salbiy oqibatlari



Yüklə 367 Kb.
səhifə1/14
tarix02.06.2023
ölçüsü367 Kb.
#123022
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Chor Rossiyasining Turkiston o`lkasi boyliklariga munosabati va


“Chor Rossiyasining Turkiston o`lkasi boyliklariga munosabati va uning salbiy oqibatlari




MUNDARIJA:
KIRISH………………………………….…………………………………………3
1.Chorizm mustamlakachilik davri

1.1. Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi……………………………….…8


1.2. Chorizmning Turkistondagi mustamlakachilik siyosati……………………19


2.Chor rossiyasining turkiston moddiy va ma`naviy boyliklarini o`zlashtirish siyosati
2.1. Chor Rossiyasining Turkiston moddiy va ma`naviy boyliklariga munosabati va uning salbiy oqibatlari…………………..……………………………….…….32
2.2. Mustamlaka Turkistonida madaniy hayot………………………….…….…..45


Xulosa………………………………………………………………………….…56
Tavsiyalar…………………………………………………...………...………….58


Foydalanilgan adabiyotlar…………………………...……………………...…..59


Ilova…………………….……………………………………………………….. 61


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik sharoitida va tub islohotlarni amalga oshirish jarayonida milliy tiklanish, ma`naviy yangilanish, milliy o`zlik va o`ziga xoslikni yaxlit tarzda anglab yetgan, erkin demokratik tasavvurga ega bo`lgan va mustahkam milliy g`oya kuchi bilan birlashgan jamiyat a`zolarini tarbiyalash vazifalarini hal etishda tarix fanining roli jiddiy ravishda oshmoqda. Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlaganidek: Milliy iftixorni tiklash va rivojlantirish jarayonida tarixiy xotira, xalqning, jonajon o`lkaning obyektiv tarixini, davlat hududini tiklash nihoyatda muhim ahamiyatga egadir.1
Jamiyat taraqqiyotining real xususiyatlarini chukur o`rganish zarurligi, milliy tarixdagi yuksalish va tanglik davrlarini yangicha metodologik nuqtai-nazardan turib tahlil qilish, chor mustamlakachilarining ko`rsatgan buzg`unchilik ta`siriga doir omillarni aniqlash, avvalgi mafkuraviy andozalar va eskicha tafakkur ko`rinishlarining takrorlanishiga barham berish yo`llarini belgilash, jamiyatning ma`naviy-ahloqiy takomilga erishuvida tarix fanining ta`sirini kuchaytirish lozim.
Ana shu ijtimoiy muhim vazifalardan kelib chiqib, Vatanimiz tarixining og`ir mustamlakachilik o`tmishi bilan bog`liq bo`lgan ayanchli sahifalariga bugungi kun nuqtai-nazaridan qayta baho berish alohida ahamiyat kasb etadi. Chor Rossiyasining hukmronlik yillari, mustamlakachilik tarixi soxtalashtirilib, buzib ko`rsatildi. Uzoq yillar davomida ijtimoiy ong-shuurimizga Chor Rossiyasi “O`rta Osiyodagi favqulodda sivilizatorlik vazifasi” to`g`risidagi, “o`lkaning qoloq xalqlari markazning davlat boshqaruvi natijasida go`yo zo`r muvaffaqiyatlarga erishganligi” haqidagi afsona astoydil targ`ib qilindi. Chorizm davrida o`lkaning tabiiy xomashyo boyliklari to`xtovsiz olib ketildi. O`zbek xalqining ko`p ming yillik milliy-madaniy boyligi talon-taroj qilindi, yalpi ruslashtirish va ma`naviy asoratga solish siyosati amalga oshirildi.
Markazning O`zbekistonga iste`molchilik bilan munosabatda bo`lishi, o`zbek xalqining o`z milliy taqdirini o`zi erkin ravishda belgilash huquqi inkor etilishi, bir asrdan ko`proq davom etgan iqtisodiy va ma`naviy zulm behad va uzoq muddatli buzg`unchilik oqibatlariga olib keldiki, uning asoratlari hali-hanuz davom etmoqda. Ularni to`la-to`kis bartaraf etish uchun chor mustabid tuzum vujudga keltirgan og`riqli jarayon sabablarini ochib berish maqsadida iqtisodiy, ijtimoiy va ma`naviy sohalardagi amalga oshirilgan rivojlanish mexanizmining kelib chiqishi, qaror topishi va tadrijiy taraqqiyotini ilmiy jihatdan tavsiflab berish lozim.
Chor Rossiyasining soxtalashtiruvchi bayonotlarini asosli ravishda rad qilish zarurligi, 130 yildan ko`proq davrda o`zbek xalqining mustamlakachilik zulmi ostida yashaganligini yetarli materiallar asosida ilmiy jihatdan ochib berishga qaratilgan fundamental tadqiqot mavzuning dolzarbligini tashkil etadi.

Yüklə 367 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin