Mavzu: chor rossiyasining turkiston o‘lkasi boyliklariga munosabati va uning salbiy oqibatlari



Yüklə 367 Kb.
səhifə3/14
tarix02.06.2023
ölçüsü367 Kb.
#123022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Chor Rossiyasining Turkiston o`lkasi boyliklariga munosabati va

Mavzuning o`rganilish darajasi. Turkiston o`lkasining rus mustamlakachiligi davrida kechgan hayoti tarixiy-ilmiy adabiyotlarda nisbatan to`laroq ifoda etilgan. Bu adabiyotlarni mazmun va mohiyat e`tibori bilan to`rt davrga ajratish mumkin.
Birinchi davri asosan 1917 yilgacha yozilgan tadqiqotlarni, ya`ni tarixiy-ilmiy kitoblarda rus mustamlakachilik siyosatiga doir tanqidiy fikr-mulohazalar deyarli uchramaydi. Chunki ularning mualliflari asosan boshqa xalqlarni talashdan, ezishdan manfaatdor bo`lgan dvoryan – pomeshchiklar, zobitlar, savdo-sanoat korchalonlari, nufuzli amaldorlar bo`lishgan. Bu xil manbalarda ko`proq Rossiyaning Turkistonda qo`llay boshlagan iqtisodiy-siyosiy zug`umlarini oqlash, saltanat hukmron doiralarining manfaati nuqtai-nazaridan o`lkani o`zlashtirish bo`yicha tadbirlar ko`rish zaruryati bahs etiladi. Bu asarlardagi bosh g`oya, yetakchi yo`nalish, saltanatning Turkistondagi tajovuzi va mustabid tuzumini g`oyaviy asoslashga, ya`ni ikkinchi rus Turkistonini barpo etish uchun zaruriy yo`nalishlarni belgilashga qaratilishi bilan bog`liq edi. Bu jihatdan genaral leytenant M.A.Mersityevning “O`rta Osiyoning bosib olinishi tarixi” asari, V.I.Masolskiy, A.V.Krivashin asarlarini qayd etish mumkin.
Ikkinchi davr – 1920-1950 yillardagi adabiyotlarda Turkiston o`lkasidagi mustamlakachilik siyosati va uning asosiy yo`nalishlari, shuningdek, istiqlol uchun olib borilgan kurashlar qamrab olinadi. Bu mavzular shu davr adabiyotlarida, ayniqsa 20-yillar tarixshunosligida, bir qator mualliflarning asarlarida turli darajada, turlicha saviyada o`z aksini topdi.
20-yillarda qalam tebratgan mualliflar o`zlari tasvir etgan ijtimoiy-siyosiy voqea va hodisalarning bevosita ishtirokchilar bo`lishgan. Shu boisdan bu asarlarda davrning murakkab, ziddiyatli, mahzun ruhi ufurib G.M.Safarov, P.G.Galuzo, A.Z.Validiy To`g`on asarlarida to`laroq ma`lumot berilgan.
Uchinchi davr esa – 50-yildan to 80-yillar birinchi yarmiga qadar yaratilgan asarlarni qamrab oladi. Bu davr adabiyotida tarixni soxtalashtirish va buzib talqin etish sohasida o`ziga xos an`ana shakllandi. Turkiston o`lkasida bo`lib o`tgan barcha milliy ozodlik harakatlari haqida ijobiy fikr bildirish u yoqda tursin, bor haqiqatni yozish go`yo rus xalqiga qaratilgan millatchilik sifatida baholanar edi. XIX asrning ikkinchi yarmidan milliy ozodlik harakatiga munosabat bildirish “ulug` rus xalqi bilan bo`lgan do`stlikka raxna solish” sifatida siyosiy xatoga yo`l qo`yildi. Bu davrda yozilgan asarlar soxtalashtirilib, bo`rttirib ko`rsatildi.

Yüklə 367 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin