Mavzu: chor rossiyasining turkiston o‘lkasi boyliklariga munosabati va uning salbiy oqibatlari



Yüklə 367 Kb.
səhifə8/14
tarix02.06.2023
ölçüsü367 Kb.
#123022
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Chor Rossiyasining Turkiston o`lkasi boyliklariga munosabati va

Paxtani ko `p ekishib chiqdi alarni paxtasi
Gar Egar soldirmasa boshida veksel nuqtasi.
Paxtaga pul chiqsa, mardum och bo`ridek
Berishinfikr aylamay pishpak-to `qmoqg `a qochor.
Tohir Shokir Labikning «Turkiston paxta xo`jaligi» kitobida yozishicha, Turkiston dehqonlarining davlat bankidan va bosh­qa banklardan bo`lg`on qarzi 1912-yilda bir yuz ellik olti milli­on yetti yuz o`n ikki ming oltin so`m bo`lib, shundan Farg`ona dehqonlarining hissasiga tushgani; 51 foiz, ya`ni 80.797000 so`m oltinni tashkil etgan.
Chor hukumati aholidan olinadigan soliqlarni oshirish hisobidan ham katta daromad orttirar edi. Masalan, soliqlardan kelgan daromad miqdori 1913-yilda 23 million so`mni tashkil etgan bo`lsa, 1916-yilda 33,3 million so`mga yetgan. Bu summa o`sha vaqt uchun juda katta mablag` hisoblanardi, albatta. Masalan, «Turkestanskiy golos» gazetasida 1916-yil oxirida Andijonning eski shahar qismida bir qadaq qo`y go`shtining bahosi 20 tiyin bo`lgani holda yangi bozorida esa 25 tiyin bo`lgan. Yer solig`i 1914-yildagi 6859021 so`mdan 1916-yilda 14311771 so`mga yetdi. Bir pud paxta tolasiga 2 so`m 50 tiyindan qo`shimcha soliq olish joriy etildi.
Qishloq dehqonlari oddiy mehnat qurollari: belkurak, ketmon, omoch-bo`yinturuq, o`roq, panshaxa kabilar bilan qurollangan bo`lib, ularning mehnat unumlari nihoyatda past bo`lgan. Ular-ning aksariyati ot-ulovga ham ega emasdi. Ot-ulovsiz bo`lgan dehqon xo`jaliklari Sirdaryo viloyatida 20,3 foiz, Samarqand viloyatida 29,6 foiz va Farg`ona viloyatida 41,3 foizni tashkil etgan. Chor ma`murlari qishloq xo`jalik texnikasini yetkazib be-rish, irrigatsiya, melioratsiya ishlari masalalariga mutlaqo e`tibor beraiaganlar. 1910-yilda butun hozirgi O`zbekiston hududida hammasi bo`lib 1071 plug bo`lgan, xolos. Mustamlakachi chor unsurlarining butun diqqat-e`tibori o`lkadagi aholi qo`lidagi boyliklarni har xil yo`llar bilan shilib olib Rossiyaga tashib ke-tishga qaratildi. XIX asrning 60-yillaridan to oktabr to`ntarishi-ga qadar Rossiyadan turli gazlamalar va boshqa mollarning ko`p niiqdorda kelib turishi mehnatkash ommaning yanada qattiq-roq «shilinishiga» sabab bo`ldi. O`lkada ming yillardan buyon davom etib kelgan ajoyib hunarmandchilik tarmoqlari, birin-chi navbatda to`qimachilik va bo`yoqchilik tanazzulga uchradi. Chunki o`zbek paxtasi, ipagidan Rossiyaga olib ketilib ishlangan gazlamalar mahalliy hunarmandlar qo`lda to`qigan gazlamalarni ichki va tashqi bozordan siqib chiqargan edi.
Tohir Shokir yuqorida nomi eslatib o`tilgan kitobida shunday hikoya qiladi: «Turkiston paxtasi uchun Moskovdan pul keladur. Bu to`g`ri, ammo ruslar paxta uchun kelg`on pullarni turlik-turlik yo`llar bilan qaytarib Moskovga olib ketadur. Masalan, o`t aroba, otash aroba, shayton aroba, ot arobasi, elektrik asboblari, telefon va olotlari, choy, shakar, gazlama, idish-tovoqlar, imorat asboblari, qishloq xo`jalik asboblari, sanoat moshinalari, maorif ehtiyojlari va shularga o`xshash zaruriy ashyolarni Rossiyadan keltirib, Turkistonga yog`dirib, ham paxtaning pulini oladur, ham millatdagi mavjud boyligini shimirib oladurg`on bo`ldi. Bular yetmaganidek ichkilik, qimor, fahsh, sudxo`rlik yo`llari bilan xalqning bisotida bor narsalarni shilib oladurg`on bo`ldi. Rossiya insonlarning kundalik hayotida ehtiyoji tushadirg`on zaruriy asbob, ashyo va ziynatlarini boshqa davlatlardan kelti-rishni man qiladi. Qo`shni davlatlardan: Eron, Afg`oniston, Hin-diston, Chin (Xitoy)dan keltirishga to`sqinlik berdi. Faqat hamma narsani ruslar, Rossiyadan keltirib paxtani va boshqa ma`dan pullarni o`zi qaytarib olib, ekspluatatsiya qilishda hech qusur qilmas bo`ldi. Buning ustig`a, Turkistonga kamyob yana boshqa nav mollarni Rossiyadan keltirib bizlarga sotib qo`limizdagi va sanduqlarimizdagi pullarimizni shupurib oladurg`on bo`ldi. Yana Turkistonga madaniyat keltirdik taraqqiysiga sabab bo`ldiq deb qilg`on iddaolari oshiqcha bo`ldi».
«Turkiston xabarnomasi» gazetasi bozorlarda narx-navo oshib, xalqning ruhiyati tushganligini yozadi.
Xo`sh, dastlabki inqilob davrida Turkiston o`lkasida, aytay-hk Kattaqo`rg`onda narx-navolar qanday edi? 1905-yangi yil-ning ilk bozori kuni Kattaqo`rg`onda eng zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari tubandagi narxlarda sotilgan ekan: bir botmon (8 kilo) sara bug`doy - 45 tanga (Kattaqo`rg`onda 15 tiyin-bir tanga hisoblangan), bahorgi bug`doy esa 52 tanga, bug`doy uni - 52-56 tanga, arpa, jo`xori, moshlarning bahosi bir xil - 32 tangadan tariq - 28 tanga, kunjut - 115 tanga, zig`ir urug`i - 60 tanga` shu yerlik kishilarga qarashli zavodlarda ishlab chiqarilgan bir botmon paxta moyi - 22 tanga, «Birodarlashgan Turkiston» zavodidan keltirilgan moy esa 14 tanga, bir qadoq (400 gramm) mol yog`i - 20 tiyin, qo`y yog`i esa 22 tiyin. Mol go`shtining bir qadog`i 8 tiyin, qo`y go`shti -12 tiyin. Kezi kelganda o`sha paytlari paxtaning bahosi qancha bo`lganligi to`g`risida alohida to`xtalib o4moqchimiz: bir botmon (8 kg) birinchi nav paxtaning naxhi 90-100 tanga, agar chigiti chala pishgan bo`lsa - 50-60 tanga, II-III navlari - 30-40 tanga turarkan. Demak bir kilogramm paxtaning puliga (ya`ni, 187,5 tiyinga) to`rt (4) kg qo`y go`shti, bir yarim tiyinga birorta hammol yollab o`sha masalliqni uygacha ko`tartirib borish mumkin ekan.
«Bozorlar xiyla tushkun ruhda o`tmoqda, dehqonlarning umidlari puchga chiqqanga o`xshaydi. Eng yaxshi xom paxta deyarli ikki barobar arzon narxda sotilmoqda (yaqinda bir bot­mon paxtaning bahosi-180 tanga edi). Xaridorlarning avji sust, ko`pgina mahsulotlar shu yerlik aholi qo`Iida qolib ketyapti».
Ayniqsa, 1914-yilda boshlangan urushni bahona qilib, chor ma`murlari Turkiston xalqlarini behayolarcha taladi, zuhn-ni kuchaytirdi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak gazlama, qurilish niateriallarining narxi kun sayin oshib bordi. Masalan, gazlama narxi 300-400 foizga, kiyim-kechak narxi 200-300 foizga, qand narxi 250 foizga, poyabzallar narxi 300-^00 foizga ko`tarildi. Farg`ona vodiysida ilgari 50 so`m turadigan otning narxi 100-200 foizga, 5-9 so`mlik qo`ylar narxi 30-35 so`mga oshdi. G`alla va non narxi ancha ko`tarildi. Chunki Rossiyadan Turkistonga g`alla keltirish kamaydi. Natijada rus g`allasiga umid bog`lab nuqul paxta ekkan o`zbek dehqoni juda og`ir ahvolga tushib qoldi. Rus g`allasiga ko`z tikkan va unga ishongan Turkiston dehqonlari g`alla ekin maydonlarini keskin qisqartirib paxta ekiladigan maydonlarni haddan ziyod oshirgan edilar. 1901-yilda paxta maydonlari 268013 desyatina bo`lgan bo`lsa, 1916-yilda bu ko`rsatkich 533671 desyatinaga yetgan edi. Urush yillarida paxta­ning bozor narxi oshdi. Bu hoi paxta ekuvchi dehqonlarga katta foyda keltirishi mumkin edi. Ammo bu o`rinda ham chor hukumati ustasi faranglik qilib to`qimachilik sanoati egalarining talablariga ko`ra paxta savdosi nazoratini o`z qo`liga oldi va uning bozor narxini 30-31 so`mdan, 24,05 so`mga tushirdi. Bu tadbir mahalliy paxtakorlarga katta zarar keltirgan bo`lsa, rus kapitalistlarining hamyonlarini to`ldirdi. Faqat Tver to`qimachilik sanoati 1913-1914-yillarda paxtaning eski narxidan 1.893.000 so`m foyda qilgan bo`lsa, 1915-1916-yillardagi keltirilgan foyda 9.931.000 so`mga teng bo`ldi. O`lka mehnatkashlari bundan tashqari bankiar, firmalar va mahalliy sudxo`rlardan olgan qarzlari orqasidan ham katta zahmat chekib, mushkul ahvolga tushgandi.1 Bular ham yetmagandek 1915-yil 1-yanvaridan boshlab tub aholidan harbiy xizmatni o`tamaganlari evaziga daromadlaridan qo`shimcha 21 foiz harbiy soliq olish tartibi ham joriy qilindi.
O`lka xalqlarining madaniy ehtiyojlarini qondirish masalasiga umuman panja orasidan qarab kelingan. Bu soha uchun bir kishiga bir yil davomida sarflanadigan mablag` atigi 6 so`m miqdorida bo`lgan, xolos.
Turkiston xalqlarining tibbiy salomatligi hech kimni tashvishga solmagan. Aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish ayanchli va achinarli ahvolda bo`lgan. Bu holni shunday dalildan ham bilish mumkinki, 1913-yilda butun boshli Turkiston hududida 212 tibbiyot xodimi bo`lgan, xolos. Agar Farg`ona vodiysida har 50 ming aholiga bittadan tibbiyot xodimi to`g`ri kelsa, bu ko`rsatkich Qoraqalpog`iston hududida har bir tibbiyot xodimiga 250 ming kishini tashkil etgan. Shu bois Turkiston aholisi eng qisqa umr ko`rgan va bu yerda turli xildagi yuqumli kasalliklar keng tarqalgan.
Yuqoridagi zikr qilingan sabablarga ko`ra XX asrning boshlarida, xususan 1917-yilgi fevral burjua-demokratik inqilo-bi arafasida Turkiston o`lkasida g`oyatda keskin ijtimoiy-siyosiy vaziyat vujudga keldi. Bundan qo`rqib qolgan chor hukumati zo`r berib tub yerli aholini Rossiya davlatiga nisbatan «sodiq» bo`lishiga da`vat etar, ularni «vatanparvarlik» g`oyalari ruhida tarbiyalashga intilardi. Chor ma`muriyati davlatga qarshi har qanday xatti-harakatlarni darhol ayovsizlarcha va shafqatsizlik bilan bostirish to`g`risida mahalliy hokimlarga to`g`ridan to`g`ri ko`rgazma berdi. Hatto masjid madrasalarda ham oq podsho hazratlariga hamdu sanolar, unga sog`liq va uzoq umr tilab «xutba»lar o`qishga buyruq berildi.
Turkiston xalqlari chor Rossiyasi mustamlakachilik istibdodi va zulmiga qarshi o`z erki, ozodligi va mustaqilligi uchun doimo faol kurash olib borganlar. Bu kurash 1905-1907-yillar-dagi rus burjua-demokratik inqilobi ta`sirida va xususan 1914-yilda boshlanib ketgan jahon umshining xalqqa keltirgan ofatlari, zulm-sitamlari tufayli yanada avj oldi. Birinchi rus inqilobining ta`sirida Turkiston o`lkasining Samarqand, Toshkent, Qizil Arvot, Chorjo`y, Ashxobod, Andijon, Qo`qon kabi shaharlarida ishchilarning chiqishlari, ommaviy ish tashlashlari va mitinglar bo`ldi. Namangan, Andijon, Farg`ona, O`sh uyezdlarining bir qator tumanlari va qishloqlarida ham dehqonlarning g`alayon va harakatlari kuzatilgan.
1911-1913-yilda Farg`ona viloyati axborotlarida beril-gan ma`lumotlarga qaraganda «Idora tartibotlariga va jamoa osoyishtaligiga qarshi kurashlar» davomida 1911-yilda 833, 1913-yilda esa 1220 «jinoiy ish» ko`rilgan. Sirdaryo viloyatida esa shunday ayblar bilan 1911-yilda 3487 kishi, 1913-yilda esa 5394 kishi «jinoiy javobgarlik»ka tortilgan. Bu keltirilgan raqamlar mahalliy xalq o`rtasida mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi kurash muttasil o`sib borganligini ko`rsatadi.
Bu davrda xalq ommasining kurash jarayoni shu darajada faollashdiki, hatto chor hukumatining Turkiston o`lkasidagi ishonchli tayanch bo`lgan qo`shinlari o`rtasida ham beqarorlik va norozilik to`lqinlari kuchayib bordi. 1912-yil yozida Turkiston sapyorlarining ko`targan qo`zg`oloni bunga yaqqol misol bo la oladi. Bu qo`zg`olon shafqatsizlik bilan bostiriladi. Qo`zg`olon qatnashchilaridan 14 kishi dorga osiladi. 18 kishi umrbod, 62 kishi 15 yildan surgun qilindi va 288 kishi turli muddatlarda qamoq jazosiga hukm etiladi.
1910-1914-yiIlarda Turkiston o`lkasida milliy o`zlikni anglash jarayoni kuchaya boshladi. Mustamlaka ma`muriyati idoralari 1911-yilda Farg`ona viloyatida «idora tartiblariga va jamoat osoyishtaligiga qarshi kurashdan guvohlik beruvchi 833 ta, 1913-yilda 1220 ta «jinoiy ish» qayd etganlar. Sirdaryo viloyatida esa shunday ayblar bilan 1911-yilda 3487 kishi 1913-yilda esa 5494 kishi javobgarlikka tortilgan. Bu raqamlar mahalliy xalq o`rtasida mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi kurash, rnuttasil o`sib borganligini ko`rsatadi.
1914-1916-yillarda chor ma`murlarinmg jahon urushi baho-nasida milliy mustamlakachilik zulmi va istibdodini kuchay-tirganliklari munosabati bilan Turkiston xalqlari yanada faolroq kurashga tortilganlar. 1914-yilning kuzida Sulyukta ko`mir konlari ishchilari, Yettisuv temiryo`llari xodimlari va Andijon pax-ta zavodi ishchilari 1916-yilda Toshkent va Qizil Arvot temiryo`l paravoz ta`mirlash korxonalari xizmatchilarining ish tashlash harakatlari Turkistonda kuchli ommaviy larzalar yaqinlashib kelayotganligidan darak berardi.

Yüklə 367 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin