Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

37680 so‘m deb oling)
A) 37435,2 so‘m; 
B) 35056,4 so‘m; 
D) 24990,9 so‘m; 
E) 28790,2 so‘m.
— mamlakat iqtisodiyotining asosiy ko‘rsatkichlarini bilish va ularni farqlay 
olish;
— sodda misollarda YaIM, YaMM va SIM ni hisoblay olish;
— tugal va oraliq mahsulotlarni farqlay olish;
— dunyo mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga qarab guruhlarga 
ajrata olish;
— aholining turmush darajasi nimalarga bog‘liq ekanligini tushunish;
— makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning nominal va real qiymatlarini farqlay 
olish;
— iqtisodiy davr va iqtisodiy o‘sish mohiyatini tushunib yetish;
— O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini, asosiy makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini bilish va sharhlay olish.
IV bob. Iqtisodiy o‘sish
Ushbu bobdagi materiallarni o‘rganish natijasida quyidagi bilim, 
malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:


89
89
88
YALPI ICHKI MAHSULOT
Mamlakat iqtisodiyotining natijalari turli xil ko‘rsatkichlar yordamida 
o‘lchanadi. 
Yalpi ichki mahsulot (YaIM)
— mamlakat hududida bir yil mobaynida 
ishlab chiqarilgan, pirovard ko‘rinishdagi tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi 
umumiy qiymatidir. YaIM hisoblanayotganda ishlab chiqarishning oraliq 
bosqichida yaratilgan xomashyo, ehtiyot qismlar, urug‘lik, yonilg‘i, energiya, 
materiallar, transport xizmati, ulgurji savdo xizmati, tijorat va boshqa oraliq 
mahsulotlar va xizmatlar hisobga olinmaydi. YaIMga pirovard ko‘rinishdagi 
19- MAVZU
ASOSIY MAKROIQTISODIY 
KO‘RSATKICHLAR
1. "Paxta – milliy boyligimiz" degan jumlani izohlab berishga harakat qiling. 
2. Daladan terib olib, davlatga topshirilgan paxta xomashyosi uchun fermerning 
olgan daromadi, paxta eksportidan tushgan chet el valutasi, chevarlarning 
tikkan ko‘ylaklari uchun oladigan haqlarini mamlakatimizning ichki mahsuloti 
deb atasak bo‘ladimi? Javobingizni asoslashga harakat qiling.
3. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasining xizmatlari uchun chet 
ellik sayyohlar tomonidan to‘langan valutani, bozorlarda sotilayotgan tropik 
meva (banan, ananas, apelsin kabi)larni, eksport uchun ishlab chiqarilgan 
"Cobalt" avtomobilini-chi? Javobingizni asoslang.
4. O‘zbekiston Respublikasi kompaniyasi chet elda o‘z shoxobchasini ochgan 
bo‘lsa, shoxobchaning ishlab chiqargan mahsuloti yoki ko‘rsatgan xizmati 
mamlakatimiz ichki mahsuloti bo‘la oladimi?
5. Chet el kompaniyasining mamlakatimizdagi shoxobchasi ishlab chiqargan 
mahsuloti yoki ko‘rsatgan xizmati-chi? Javobingizni asoslang.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin