Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Topshiriq
Taxminan bir xil sifatdagi tovar 1- mamlakatda 1000 AQSH dollari,
2- mamlakatda esa 800 AQSH dollari tannarxida ishlab chiqarilsin.
1. 1- mamlakat va 2- mamlakat o‘rtasidagi erkin savdo-sotiqdan: a) 2- mam-
lakat fuqarolari; b) 1- mamlakat hukumati; d) 2- mamlakat ishlab chiqarish
kompaniyalari; e) 1- mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalaridan qaysi biri
ko‘proq manfaatdor bo‘ladi? Nega?
2. 1- mamlakat hukumati bu sharoitda, sizningcha, qanday chora-tadbirlarni
ko‘rishi lozim?
3. Faraz qilaylik, 1- mamlakat hukumati 2- mamlakatning har bir tovariga 300
AQSH dollari soliq belgiladi. 1- mamlakat bozorida qanday o‘zgarishlar
yuz berishi mumkin? Bu qarordan: a) 1- mamlakat iste’molchilari; b)
1- mamlakat hukumati; d) 1- mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalari;
e) 2- mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalaridan qaysi biri ko‘proq zarar
ko‘radi? Javobingizni asoslang.

Xalqaro savdo dunyo bo‘yicha bozorlarning ochiq bo‘lishini taqozo
qiladi. Lekin bozorlarning ochiq bo‘lishi ba’zi davlatlar iqtisodiyotiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ba’zida davlatlar xalqaro savdoga bir tomonlama
bojxona boji, kvota kabi to‘siqlarni o‘rnatishga majbur bo‘ladilar.

Xalqaro savdo davlatlarni bir-biriga iqtisodiy jihatdan qattiqroq bog‘lab qo‘yadi.
Buni yodda tuting!
5. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar nima maqsadda tuziladi?
6. Qanday xalqaro iqtisodiy tashkilotlarini bilasiz?
7. 1980- yili AQSH hukumati tomonidan Yaponiya avtomobillarining AQSH
bozorlariga kirib kelishini cheklash maqsadida o‘rnatilgan kvota ta’sirida
Amerika avtomobillari 400 AQSH dollarga, Yaponiya avtomobillari esa 1000
AQSH dollarga qimmatlashdi. Nega bunday bo‘lganini izohlashga urinib ko‘ring.
8. O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi aloqalarning oddiy xalqaro savdo-
sotiq aloqalaridan farqlaydigan jihatlarini sanab ko‘rsating.
9. Koreya Respublikasi bilan o‘zaro hamkorlikda iqtisodiyotimizga zamonaviy
texnologiyalarni kiritishga asosiy e’tibor qaratilayotganining mamlakatimiz
taraqqiyoti uchun qanday ahamiyati bor?
10. Koreya Respublikasining mamlakatimiz iqtisodiyotiga katta hajmda
investitsiyalar kiritayotganligi bilan hukumatimiz tomonidan tadbirkorlar uchun
yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
11. Mamlakatimizning Janubiy Koreya bilan iqtisodiy hamkorligi samaralariga
atrofingizdagi hayotdan misollar keltiring.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin