8- MAVZU FIRMANI BOSHQARISH — MENEJMENT MENEJMENT NIMA? Ma’lumki, har bir firma faoliyati ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga
qaratiladi. Bu maqsadga erishish uchun esa firmani boshqarish lozim bo‘ladi.
Boshqaruv jarayoni menejmentdeb ham yuritiladi (inglizcha “management” so‘zi
“boshqarish” degan ma’noni anglatadi). Boshqaruvhaqidagi fan ham menejment deb ataladi va u boshqaruv usullari, shakllari va vositalarini o‘rganadi.
Firmada tovar ishlab chiqarish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uning har bir jabhasi
boshqarishni talab qiladi. Masalan, ishchi-xizmatchilarni boshqarish, ishlab
chiqarish vositalarini boshqarish, moddiy resurslarni boshqarish, ma’lumotlarni
boshqarish, moliyaviy mablag‘larni boshqarish va boshqalar.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1- rasmdagi qandolatchilik sexida 6 nafar ishchi, 2- rasmdagi bankda 35 nafar
xodim, 3- rasmdagi to‘qimachilik fabrikasida 300 nafar xodim, 4- rasmdagi zavodda
esa 2 000 nafar ishchi ishlaydi.
1. Bu korxonalar qay tariqa boshqariladi, deb o‘ylaysiz?
2. Ularda ishchilarni boshqarish bilan shug‘ullanadigan xodimlar soni nimaga
bog‘liq bo‘lishi mumkin, deb o‘ylaysiz?
3. Menejment va menejer atamalarining ma’nosini bilasizmi?
4. Korxona uchun boshqaruv tizimining mavjudligi qanchalik muhim, deb
o‘ylaysiz?
4. Aylanma mablag‘ning firma iqtisodiy faoliyatidagi ahamiyatini tushuntirib
bering.
5. Yil natijasiga ko‘ra, firma foydasi 23000000 so‘mni, faoliyat samaradorligi esa
20% ni tashkil qildi. Firmaning yillik sarf-xarajatlari miqdorini toping.
6. Firmani bankrotlikka olib keluvchi sabablarni aytib bering.
7. Firma bankrotlikka uchramasligi uchun nima qilishi kerak?
8. Bankrot deb topilgan firmaning qarzlari qanday tartibda to‘lanadi?
9. Firma qachon tugatilgan deb hisoblanadi?
Buni yodda tuting! •
Firma foydasining real miqdori narxlar o‘zgarishini e’tiborga olgan holda
hisoblanadi.
•
Firma faoliyatining samaradorligini hisoblashda foyda va xarajatlar miqdori
e’tiborga olinadi.
•
Aylanma mablag‘lar aylanishining sekinlashishi firma uchun zararli
hisoblanadi.