75
75
74
5. 96105. 7,5% + 5. 96105. 16% + (1000000 – 961050) . 22% =
= 36039,4 + 76884 + 8569 = 121492,4 so‘m.
Demak, xodim oladigan ish haqidan davlatga 1214924,4 so‘m daromad solig‘i
to‘lashi kerak.
Eslatma:
Fevral oyi uchun soliq miqdorini hisoblashda, xuddi yuqoridagiga
o‘xshash ish tutiladi. Lekin soliq faqat fevral oyi uchun emas, balki yil boshidan buyon
o‘tgan 2 oy uchun hisoblanadi va yanvar oyida to‘langan soliq miqdori ayriladi. Bu
holda daromad va eng kam ish haqi miqdorlari ham 2 oy uchun (2 .96105= =
192210 so‘m) olinadi va hokazo.
YURIDIK SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN DAROMAD SOLIG‘I
Jismoniy shaxslar kabi yuridik shaxslar ham o‘zlarining
faoliyati natijasida
olgan daromadlaridan daromad (foyda) solig‘iga tortiladilar.
Yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig‘i stavkalari har yili Vazirlar
Mahkamasining yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan
tasdiqlanadi.
Quyida yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i
stavkalari yillar
bo‘yicha keltirilgan:
Yillar
1998 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007–2010 2014
D a r o m a d
(foyda) solig‘i
stavkasi
36% 26% 24% 20% 18% 15% 12%
10%
8%
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda tadbirkorlikka keng yo‘l
ochib berilib, soliq stavkalari yildan yilga kamaytirilmoqda. Shu bilan birga,
Soliq
kodeksida ko‘zda tutilgan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi qarorlari
asosida belgilangan yuridik shaxslar turli soliq
imtiyozlaridan foydalanishi
mumkin. Masalan, yangi tashkil qilingan firma va korxonalar, ya’ni yuridik
shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran 1- yili 25%, 2- yili 50%
belgilangan
stavkadan kamaytirilgan holda, keyingi yillarda esa belgilangan stavka bo‘yicha
soliq to‘laydilar.
1. Jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibiga nimalar kiradi?
2. Jismoniy shaxslarning qanday daromadlaridan daromad solig‘i undiriladi?
3. Jismoniy shaxslarning dividendlari va foizlar ko‘rinishida olgan daromadlaridan
qanday stavkada soliq olinadi?
4. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan to‘laydigan daromad solig‘ining
stavkalarini sharhlab bering.
5. Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i
stavkalari haqida nimalar
bilasiz? Ularni pasaytirilishining boisi nimada?
6. Quyida keltirilgan respublikamizdagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘i stavkalarining o‘zgarish jadvalini tahlil qiling. Soliq stavkalari pasaytirilishi
sababi nimada deb o‘ylaysiz?
Dostları ilə paylaş: