mahsulot narxiga qo‘shilgan
qiymatning bir qismi davlatga
to‘lanadigan soliq turi qaysi javobda
berilgan?
A) Qo‘shilgan qiymat solig‘i;
B) Mol-mulk solig‘i;
D) Aksiz solig‘i;
E) Bojxona to‘lovi.
4. Respublikamizda 2000- yildan
e’tiboran qo‘shilgan qiymat so-
lig‘i stavkasi necha foiz qilib bel-
gilangan?
A) 10%; B) 15%; D) 18%; E) 20%.
5. Qaysi javobda aksiz solig‘i soli-
nadigan mahsulot turi beril magan?
A) Dori-darmonlar;
B) Tamaki mahsulotlari;
D) Neft, gaz mahsulotlari;
E) Oltin va kumushdan tayorlangan
mahsulotlar.
6. Bilvosita soliq nimadan olinadi?
A) Daromaddan;
B) Mulkdan;
D) Yerdan;
E) Tovardan.
7. Fuqarolardan qanday soliq undiri-
ladi?
A) Faqat daromad solig‘i;
B) Faqat daromad va mulk solig‘i;
D) Daromad, mulk va yer solig‘i;
E) Daromad, mulk va ekologiya
solig‘i.
8. Quyidagi satrlarning qaysi birida
faqat mahalliy soliqlar keltirilgan?
A) Qo‘shilgan qiymat solig‘i,
aksiz, yer solig‘i;
B) Daromad solig‘i, qo‘shilgan
qiymat solig‘i;
D) Mulk, yer va daromad solig‘i;
E) Mulk va yer solig‘i.
9. Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi
tadbirkorlik faoliyatidan to‘laydigan
soliq qay tarzda belgilanadi?
A) Qat’iy;
B) Progressiv;
D) Proporsional;
E) Regressiv.
10. 2014- yilda yuridik shaxslardan
undiriladigan mol-mulk solig‘i
stavkasi qancha qilib belgilandi?
A) 3%; B) 4%; D) 3,5%; E) 4,5%.
11. 2010- yil yanvar oyida 300 000
so‘m maosh olgan ishchi qancha
daromad solig‘i to‘lagan? (eng
kam oylik ish haqi miqdorini
37680 so‘m deb oling)
A) 37435,2 so‘m;
B) 35056,4 so‘m;
D) 24990,9 so‘m;
E) 28790,2 so‘m.
— mamlakat iqtisodiyotining asosiy ko‘rsatkichlarini bilish va ularni farqlay
olish;
— sodda misollarda YaIM, YaMM va SIM ni hisoblay olish;
— tugal va oraliq mahsulotlarni farqlay olish;
— dunyo mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga qarab guruhlarga
ajrata olish;
— aholining turmush darajasi nimalarga bog‘liq ekanligini tushunish;
— makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning nominal va real qiymatlarini farqlay
olish;
— iqtisodiy davr va iqtisodiy o‘sish mohiyatini tushunib yetish;
— O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini, asosiy makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarini bilish va sharhlay olish.
Dostları ilə paylaş: |