Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə139/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Тurg’un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo‘qotgan, ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo‘lgan va faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo‘lmagan qismini qamrab oladi.
Ishsizlik turlarini tasniflashda ba’zi adabiyotlarda ma’lum noaniqliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, professor M.N.Chepurin va Ye.A.Kiselevalar umumiy tahriri ostida tayyorlangan o‘quv qo‘llanmada «ixtiyoriy» va «majburiy» ishsizlik turlari ham ajratib ko‘rsatiladi. Ularning fikriga ko‘ra, ixtiyoriy ishsizlikbu bo‘sh ishchi o‘rinlari mavjudligi sharoitida ishchini ish haqi darajasi yoki mehnatning tavsifi qoniqtirmaganligi sababli paydo bo‘luvchi ishsizlik hisoblanadi.
Majburiy ishsizlik esa ish haqining bozor muvozanati nuqtasidan yuqori darajada o‘rnatilishi oqibatida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifi o‘rtasida tafovut vujudga kelishi bilan bog’liq.
«Тo‘liq bandlilik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutloq mavjud bo‘lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friksion va tarkibiy ishsizlikning bo‘lishini tabiiy deb hisoblaydi, shu sababli «to‘liq bandlilik» ishchi kuchining 100% dan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘liq bandlilik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo‘ladi.
Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi) tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi:

Тakrorlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Ishchi kuchini takror hosil qilish deganda nimani tushunasiz va uning xususiyatlari qanday?

  2. Ishchi kuchining sifati nima?

  3. Ishchi kuchi sifati qanday omillarga bog’liq?

  4. Fan-texnika taraqqiyotida ishchi kuchining sifatiga qanday talablar kuchayadi?

  5. Ish bilan to‘la bandlik nima uchun nisbiy ma’noda tushuniladi?

  6. Qanday qilib ishchi kuchidan samarali foydalanishga erishiladi?

  7. Ishsizlikning asosiy turlariga tavsif bering.

  8. Ishsizlik darajasi qanday hisoblanadi?

  9. Ishsizlikning tabiiy darajasi nimani anglatadi va u qanday tartibda aniqlanadi?

  10. Ouken qonunining mohiyati nimada namoyon bo‘ladi?

  11. Ishsizlikning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini tushuntirib bering.


Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin