2-MODUL. Bozor iqtisodiyoti nazariyasi.
3-mavzu. Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining asosidir. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi.
Ijtimoiy xo‘jalik shakllari. Natural va tovar ishlab chiqarish mazmuni, o‘zaro farqli belgilari. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelish va rivojlanish sabablari. «Mahsulot», «tovar», «xizmat» tushunchalari.
Tovar va uning xususiyatlari. Tovarning nafliligi va ayirboshlash qobiliyati (qiymati).
Tovar qiymatining miqdori. Individual va ijtimoiy-zaruriy mehnat sarflari. Mehnatning ikki yoqlama tavsifi: aniq mehnat va abstrakt mehnat. Mehnat unumdorligi va intensivligining sarflari. Mehnat tovar qiymati miqdoriga ta’siri.
Qiymat va baho. Tovar va xizmatlar qiymatini tushunishning muqobilligi. Keyingi qo‘shilgan tovar nafliligi nazariyasi (marjinalizm).
Pulning kelib chiqishi va mazmuni. Pul to‘g‘risidagi metalistik, nometalistik va miqdoriy nazariyalari. Pulning asosiy vazifalari: qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, jamg‘arish vositasi.
Hozirgi zamon pulining tabiati va mazmuni. O‘zbekistonda milliy pul-so‘mning muomalaga kiritilishi va uning ahamiyati. Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlari rivojining mahsuli ekanligi.
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi. Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari: uy xo‘jaliklari, tadbirkorlik sektori, davlat sektori va bank. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor tizimining o‘z-o‘zini tartibga soluvchi mexanizmi. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, ularning umumiy tomonlari va farqlari. Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy muammolarni hal qilish va resurslardan samarali foydalanish yo‘llari.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari.Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Iqtisodiy sub’ektlar harakatining ta’minlanishi.Bozor iqtisodiyotining boshqa ijobiy jihatlari. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari va salbiy jihatlari.
“Bozor” va “bozor iqtisodiyoti” tushunchalarining o‘zaro farqlanishi. Bozorning mazmuni va asosiy belgilari. Bozor mexanizmi. Bozorning ob’ektlari va sub’ektlari. Bozorning vazifalari.Bozorning turkumlanishi. Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning doiraviy aylanishi.
Bozor infratuzilmasi.Bozor infratuzilmasi muassasalarini guruhlash yo‘nalishlari. Bozor infratuzilmasi tarkibi.
Qo'llaniladigan ta'lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta'lim. Blits, munozara, o'z-o'zini nazorat, zig-zag usuli, munozara, BBB, Insert.
Adabiyotlar: A4;A5;Q6;Q7;Q8;Q9;Q10;Q11
Dostları ilə paylaş: |