Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə147/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Pul muomalasi qonuni, ya’ni muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog’liq:

  1. Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi. Тovarlar va xizmatlar qancha ko‘p bo‘lsa, ularning narxi qancha baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko‘p pul miqdori talab qilinadi.

  2. Pul birligining aylanish tezligi. Pul bir xil bo‘lmagan tezlik bilan aylanish qiladi. Bu ko‘p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, ularning xaridorgirligiga bog’liq bo‘ladi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori shuncha kam bo‘ladi.

  3. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori kreditning rivojlanishiga, puldan to‘lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham bog’liq. Ko‘pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko‘paytiradi. Undan tashqari, hozirgi vaqtda ko‘pgina oldi-sotdi jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Biz ularni o‘zaro hisob-kitoblar deb ataymiz.

Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
,
bu yerda: Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori;
Тb - sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori x narxi); Хk - kreditga sotilgan tovarlar summasi; Хt - to‘lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to‘lovlar summasi; O‘x-k - naqd pulsiz o‘zaro hisob-kitoblar; At - pulning aylanish tezligi.
Masalan sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so‘mni, kreditga sotilgan tovarlar – 20 mln. so‘mni, ilgari kreditga sotilib, ayni paytda to‘lash muddati kelgan tovarlar va boshqa to‘lovlar – 40 mln. so‘mni, naqd pulsiz o‘zaro hisob-kitoblar summasi 30 mln. so‘mni tashkil qilib, pulning aylanish tezligi 6 marta bo‘lsa, u holda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori 15 mln. so‘mga teng bo‘ladi. Ya’ni:




Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin