Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə149/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Inflyatsiya – bu:
- bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishi;
- muomalada mavjud bo‘lgan naqd qog’oz pullar yoki naqd bo‘lmagan pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko‘payib ketishi;
- pullarning xarid qobiliyatining pasayishi.

Oltin pul quyidagi ikki holatda qadrsizlanadi:


1) oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni qo‘llagan holda mehnat unumdorligining oshishi va, binobarin, oltin qiymatining pasayishi natijasida ro‘y beradi;
2) ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan ma’lum bo‘lgan metall pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog’laydilar. Qadimgi Gretsiya, Rim imperiyasida eramizga qadar va keyinchalik boshqa davlatlarda ham oltin va kumush tangalar tarkibini nisbatan arzon metallar aralashtirish yoki ularning og’irligini o‘zgartirish orqali soxtalashtirish holatlari uchrab turgan. Bu esa metall pullarning o‘z qadrini yo‘qotishini keltirib chiqargan.
Qog’oz pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:
1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog’oz pullarda bozor narxining oshishida o‘z ifodasini topadi;
2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o‘z ifodasini topadi;
3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o‘z ifodasini topadi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o‘lchanadi. Narxlar indeksi esa joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga nisbati orqali aniqlanadi:
,
bu yerda: NI – narxlar indeksi; ТNj,ТNb – joriy va bazis davrlardagi iste’mol tovarlari narxi.
Kelib chiqish sabablari va o‘sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlarini farqlash mumkin.
1. Тalab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o‘zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko‘paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan bo‘ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin